TOSHKENT, 25 iyun – Sputnik. Yaqin yillarda Rossiya harbiyalari yangi S-500 havo mudofaa tizimi bilan taʼminlanadi. Bu haqda Rossiya bosh vazir oʻrinbosari Yuriy Borisov maʼlum qildi.
“Muvaffaqiyatli sinovlar Mudofaa vazirligiga bu zenit-raketa tizimini yetkazib berish muddatini qisqartirish boʻyicha qaror qabul qilishga yordam berdi. Yaqin yillarda S-500 majmualari zenit-raketa qoʻshinlariga olib kelish ishlari boshlanadi”, - dedi Borisov.
Hozirgi vaqtda S-500 tizimining alohida qismlari sinovdan oʻtmoqda. Dunyoda boshqa davlatlarda oʻxshash boʻlmagan yangicha raketalar uchirilmoqda.
Kuni kecha, Rossiya harbiylari yangi “Qaragʻay” zenit-raketa majmuani qabul qilishi haqida qaror qilingani haqida xabar bergandik. Bu osmondan hujumidan himoyalanish, qisqa masofada jang qilishga moʻljallangan zenit-raketa majmuasi hisoblanadi.