Toshkent shahar hokimligi barcha soliq to‘lovchilarga minnatdorlik bildirdi

© SputnikKupuri nominalom patdesat tisach sumov
Kupuri nominalom patdesat tisach sumov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkent budjet prognoz ko‘rsatkichlarini ortig‘i bilan bajardi.

TOShKENT, 1-iyul – Sputnik. Joriy yilning dastlabki olti oyi yakuni bo‘yicha Toshkent shahri o‘z oldiga maqsad qilib belgilagan budjet daromadlari prognoz ko‘rsatkichlarini ortig‘i bilan bajardi. Bu haqda Toshkent hokimligi matbuot xizmati xabar qildi.

Jaxongir Artikxodjayev - Sputnik O‘zbekiston
Taklif qilinayotgan investitsion loyihalar Toshkentga sig‘may ketayapti – Ortiqxo‘jayev

“Bu natijaga erishishda o‘zining salmoqli hissasini qo‘shgan shahrimizning har bir yirik korxonasi, o‘rta va kichik biznes vakillari, xususiy ishbilarmonlar, oilaviy tadbirkorlar hamda barcha soliq to‘lovchi faol mehnat bilan shug‘ullanayotgan fuqarolarga o‘z minnatdorligimizni izhor etamiz.

Ayniqsa, Respublikamiz Prezidenti tomonidan yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga ijobiy yondoshib, belgilangan vazifalarga befarq bo‘lmasdan, ularni amalga oshirilishida jonbozlik ko‘rsatib, Toshkent shahar hokimligini qo‘llab-quvvatlab kelayotgan barcha faol biznes vakillariga chuqur ehtiromimizni bildiramiz.

Hurmatli soliq to‘lovchilar, Sizlarning poytaxtimiz iqtisodiyoti o‘sishi, shahrimiz aholisining farovonligi uchun qilayotgan mehnatingiz, davlat budjetiga kiritayotgan har bir so‘mingiz o‘zingizga ming karra ziyod bo‘lib qaytishini istashimizni bildirgan holda, Sizni ishontirib aytamizki, hokimlik barcha mablag‘larning maqsadli va samarali ishlatilishini ta’minlaydi.

Aziz hamshaharlar, barchangizning ishingiz yanada rivoj topishi, biznesingiz barakali davom etishi, omad va zafarlar hamisha hamrohingiz bo‘lishini istab qolamiz.”, - deb yozilgan hokimlik xabarida.

Yangiliklar lentasi
0