Taklif qilinayotgan investitsion loyihalar Toshkentga sig‘may ketayapti – Ortiqxo‘jayev

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaJaxongir Artikxodjayev
Jaxongir Artikxodjayev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Taklif qilinayotgan investitsion loyihalar Toshkentga sig‘may ketayotgani uchun ularning bir qismi viloyatga chiqarishga qaror qildik, dedi Jahongir Ortiqxo‘jayev.

TOShKENT, 30-iyun – Sputnik. Toshkentda investorlar juda ko‘payib ketdi, biz ularning bir qismini Toshkent viloyatiga chiqarishga harakat qilayapmiz, dedi shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev Sputnik muxbiriga.

“So‘nggi ikki yil davomida Toshkentning investitsion jozibadorligi 10 baravar oshib ketdi. Biz judayam ko‘p investitsion loyihalar va takliflar olayapmiz. Ularning barchasini ko‘rib chiqishga ham ulgurmayapmiz. Bu bizni quvontiradi, albatta”, - dedi poytaxt hokimi.  

Hokim aytishiga qaraganda Toshkentda hozir mahalliy investorlar, yosh biznesmenlar ham juda ko‘p. Birinchi navbatda e’tibor ularga qaratilmoqda.

Ular taklif qilayotgan loyihalar Toshkentga sig‘may ketayapti. Ularning barcha loyihalarini Toshkentda joylashtirsa, kelajakda elektr ta’minoti, kommunikatsiyalar va boshqa muammolar kelib chiqishi mumkin.  

Shu sabadan Toshkent hokimiyati taklif qilinayotgan loyihalarning bir qismini Toshkent viloyatiga yo‘naltirishga qaror qilgan. Kelajakda Toshkent viloyatida 100 ta ish o‘rni yaratilsa, shulardan 10 ta rahbar toshkentlik bo‘lishi mumkin. Bu ham budjetga foyda. Umuman shahardami viloyatdami yaratilayotgan har bir ish o‘rni biz uchun muhim, - deydi shahar hokimi.  

Yangiliklar lentasi
0