TOShKENT, 1-iyul - Sputnik. Rossiyaning yirik internet xizmatlari “Yandeks” ustidan Monopoliyaga qarshi qo‘mitaga arz qilishga tayyor, deb xabar qilmoqda Interfaks.
Avito, Cian, Profi, 2Gis, Tutu va yana bir necha saytlar xabar qilishiga ko‘ra, Yandeks qidiruv tizimi orqali ushbu xizmatlarga taaluqli bo‘lgan so‘rovlar yuborilganda, qandaydir usul bilan ushbu so‘rovlar Yandeks.Nedvijimost, Yandeks.Market kabi Yandeks bilan bog‘liq xizmatlar saytiga olib keladi.
O‘z sohasida bir necha yildan beri xizmat ko‘rsatib kelayotgan ushbu servislar Rossiyada juda ommaviy, lekin Yandeks tufayli ular 15-20 %gacha mijozlarni yo‘qotmoqda.
Ushbu kompaniyalar fikriga ko‘ra “Yandeks” qo‘llayotgan uslub halol raqobatga zid va ular Monopoliyaga qarshi qo‘mitaga ariza berishga tayyor. Ushbu xabar paydo bo‘lganidan so‘ng yana bir necha onlayn xizmatlar Yandeks ustidan arizaga qo‘shilishga tayyor ekanliklarini xabar qilishgan.