Dunyoda

Roskomnadzor “Yandeks”ga ultimatum qoʻydi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka oʻtishOfis internet-kompanii "Yandeks"
Ofis internet-kompanii Yandeks - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Roskomnadzor 30 avgustdan boshlab "Yandeks.Video" faoliyatini cheklashi mumkin.

TOSHKENT, 29 avg – Sputnik. Rossiyaning OAV va axborot texnologiyalari sohasini nazorat qiluvchi organi Yandeks qidiruv tizimidan, mualliflik huquqlari buzilishi tufayli, ayrim videomateriallarni yoʻq qilib tashlashni talab qilmoqda.

Messendjer Telegram mojet bыt zablokirovan Roskomnadzorom - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Telegramni bloklagani uchun Roskomnadzor ustidan sudga ilk daʼvo arizasi berildi

Xususan Roskomnadzor TNT, TV-3, 2×2 va "Super" telekanallari muldori boʻlgan “Gazprom-media” kompaniyasi soʻroviga binoan "Yandeks.Video" xizmatidan "Domashniy arest", "Vne igrы", "Misticheskiye istorii" va "Ostorojno zemlyane" kabi videomateriallarni oʻchirib tashlashni talab qilgan.

Aks holda "Yandeks.Video" faoliyati 30 avgustdan boshlab cheklanadi, deyilgan talabnomada.

Yandeks Davlat nazorat organining ushbu talabini noqonuniy deb hisoblaydi. Kompaniya fikriga koʻra, videomateriallar Yandeks serverlarida joylashtirilmagan. Shuning uchun ushbu materiallarni internetga joylagan manbaalarni taʼqiqlash kerak, qidiruv tizimini emas, deb hisoblaydi Yandeks.

“Yandeks” qidiruv tizimi sifatida, Rossiya qonunlariga toʻla himoya qilgan holda faoliyat yuritmoqda. Bizga qoʻyilgan talablar asoslanmagan. Biz uni Moskva shahar sudida muhokama qilamiz”, - deyishdi kompaniyada.

Eslatib oʻtamiz, bundan biroz oldin, “Yandeks” Roskomnadzor tomonidan tayyorlangan, internetda mualliflik huquqlari buzilishiga qaratilgan memorandumga ham qoʻshilmagan edi.

RIA Novosti xabariga asosan.

Yangiliklar lentasi
0