Mehnat vaziri Kudbiyev Farg‘onada fuqarolar bilan uchrashmoqda

© Press-slujba ministerstva truda UzbekistanaMinistr truda Sherzod Kudbiyev provel viezdnoy priyem v Fergane
Ministr truda Sherzod Kudbiyev provel viezdnoy priyem v Fergane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Fuqarolarning mehnat huquqlarini buzilishiga hamda aholi bilan ishlashda xatoliklarga yo‘l qo‘ygan bir nechta bandlikka ko‘maklashish markazi rahbarlari ishdan ozod etilgan

TOShKENT, 1-iyul - Sputnik. O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sherzod Kudbiyev Farg‘ona viloyatida fuqarolar bilan sayyor qabulini o‘tkazmoqda, deb xabar qildi Sputnik muxbiriga vazirlik matbuot xizmati.

Glava Ministerstva zanyatosti i trudovix otnosheniy Sherzod Kudbiyev - Sputnik O‘zbekiston
Mehnat vaziri O‘zbekistonda qaysi sohalarda kadrlar tanqis ekanini aytdi

"O‘tkazilgan qabul davomida 130 dan ortiq fuqarolar qatnashdi. Mehnat masalalari va bandlikka oid murojaatlari tinglandi, ijobiy hal etildi", - dedi Mehnat vazirligi vakili.

Ta’kidlanishicha, Kudbiyev bilan uchrashuvga kelgan fuqarolar murojaatining aksariyat qismi ish bilan ta’minlash (45 fuqaro), mehnat huquqi buzilayotgani (6), oilaviy tadbirkorlikni yulga qo‘yish (5) bilan bog‘liq bo‘lgan.

Natijada, qabul jarayoninig o‘zida 11 nafar murojaatchining muammolari joyida bartaraf etilib, 42 ta murojaatlar belgilangan tartibda ko‘rib chiqish uchun tegishli tashkilot hamda Aholi bandligiga ko‘maklashi markazlariga topshiriqlar berildi.

Fuqarolarning mehnat huquqlarini buzilishiga hamda aholi bilan ishlashda xatoliklarga yo‘l qo‘ygan bir nechta bandlikka ko‘maklashish markazi rahbarlari ishdan ozod etilgan.

Ministr zanyatosti i trudovix otnosheniy Uzbekistana Sherzod Kudbiyev - Sputnik O‘zbekiston
Mehnat vaziri xususiy bandlik agentliklari xizmati narxi qachon arzon bo‘lishini aytdi

"Murojaat kilayotganlarning kupchiligi ayollarni tashkil etmokda. Ba’zilari jamoat ishida doimiy ishlashni hoxlashadi. Ayrimlari esa "Menga o‘z sohamda ish topib bering", deb murojaat kilishmokda. Ish staji bo‘lmasa-da, qo‘lida malakasini tasdiqlovchi diplomi ham bor. Masaslan, diplomida Axborot texnologiyalari bo‘yicha mutaxassis, deb yozilgan. Aynan shu sohalarda mutaxassislar yetishmaydi o‘zimizda. Lekin, IT sohasi bo‘yicha elementar Power Point programmasi nima uchun kerak, deb so‘rasangiz javob berisholmayapti. Men qanday qilib qo‘lidagi diplomi bilimiga mos kelmagan mutaxassisni ish beruvchiga tavsiya qilaman? Mana shu kabi nomutanosibliklar mehnat bozorida bugungi ishsizlikni keltirib chikarayotgan sabablaridan bittasi. Buni men ish beruvchi talabini qondirmaslik koeffitsiyenti, deb atayman. Bizdagi kasb-hunar ta’lim sifati yillar davomida ish beruvchilar talabini qondira olmasdan keldi", - deb aytgan vazir Farg‘ona aholisi bilan bo‘lib o‘tgan muloqot so‘ngida.

Mehnat munosabatlari vaziri Sherzod Kudbiyevning viloyatlar bo‘ylab sayyor qabuli davom etmoqda.

Yangiliklar lentasi
0