Prezident maktablarida imtihonlar boshlandi. Konkurs: 1 o‘ringa - 47 kishi

© XTVNachalis vstupitelnie ekzameni v prezidentskie shkoli
Nachalis vstupitelnie ekzameni v prezidentskie shkoli - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Prezident maktablariga imtihonlar boshlandi, hujjat topshirganlar juda ko‘p - bir o‘ringa 47 kishi to‘g‘ri kelmoqda.

TOShKENT, 30-iyun – Sputnik. ​Toshkent, Namangan, Xiva va Nukus shaharlarida prezident maktablariga qabul qilish imtihonlarining birinchi bosqichi boshlandi, deb xabar qilmoqda Xalq ta’limi vazirligi. 

Imtihonlarning saralash bosqichi 29-iyun - 2-iyul kunlari bo‘lib o‘tadi. Ariza topishirgan o‘quvchilarning 22051 nafari o‘zbek tilida, 4847nafari qoraqalpoq tilida va 621 nafar ingliz tilida imtihon topshirish istagini bildirgan.

© XTVNachalis vstupitelnie ekzameni v prezidentskie shkoli
Prezident maktablarida imtihonlar boshlandi. Konkurs: 1 o‘ringa - 47 kishi - Sputnik O‘zbekiston
Nachalis vstupitelnie ekzameni v prezidentskie shkoli

Dastlabki bosqichda (29 iyun - 2-iyul) o‘quvchilar matematika fanidan imtihon topshiradi. O‘quvchilarga 30 ta masalani yechish uchun 90 daqiqa vaqt ajratiladi. Imtihon savollari Kembrij Universitetining Cambridge Assessment International Education brendi ostida faoliyat yurituvchi Imtihon Kengashi tomonidan tayyorlangan.

Uchebniy god v shkolax Uzbekistana nachalsya 5-sentabrya - Sputnik O‘zbekiston
O‘qituvchilar haqida qonun va prezident maktablari: XTVning 2019-yil uchun rejalari qanday?

Saralash imtihonlari natijalariga ko‘ra asosiy imtihonlarda ishtirok etadigan nomzodlar aniqlanadi. Asosiy imtihonlar mantiqiy fikrlash, mantiq elementlari bo‘lgan matematika va ingliz tili fani bo‘yicha tashkil etiladi. Asosiy imtihonlar iyul oyining yakunida bo‘lib o‘tilishi kutilmoqda.

Imtihonning barcha jarayonlarini Buyuk Britaniyalik mutaxassislar nazorat qiladi. Javoblar tekshirish uchun Angliyaga yuboriladi va natijalar 16-iyul kuni e’lon qilinadi, deyilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Prezident maktablariga hujjatlarning qabul jarayoni 2019-yilning 1-iyunidan 22-iyun kuniga qadar bo‘lib o‘tgan edi. Shu vaqt ichida 28 446 nafar nomzod hujjat topshirgan bo‘lsa, ulardan 27 446 nafari kirish imtihonlarining saralash bosqichida ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritdi.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev vo vremya vizita v Nukus - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston har bir hududida prezident maktablari tashkil etiladi

Hududlar bo‘yicha eng ko‘p – 7724 ta hujjat Namangan viloyatidagi Prezident maktabiga kelib tushgan. Qoraqalpog‘istonda 7456 ta, Xorazmda 6503 ta, Toshkent shahrida 5763 ta hujjat qabul qilingan.

Eng ko‘p – 8727 ta ariza 5-sinf uchun qabul qilingan. Eng past ko‘rsatkich 10-sinflar orasida – 2350 ta.

2019 yilda ochilishi kutilayotgan 4ta prezident maktablarining har biriga 144 nafar o‘quvchini qabul qilinadi. Har bir sinfda 24 nafar o‘quvchi tahsil oladi.

Yangiliklar lentasi
0