O‘qituvchilar haqida qonun va prezident maktablari: XTVning 2019-yil uchun rejalari qanday?

© Xokimiyat TashkentaUchebniy god v shkolax Uzbekistana nachalsya 5-sentabrya
Uchebniy god v shkolax Uzbekistana nachalsya 5-sentabrya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Har bir hududda, birinchisi 2019-yilda Qoraqalpog‘istonda iqtidorli o‘quvchilar uchun "Prezident maktablari" tashkil etiladi.

TOShKENT, 2 yanv - Sputnik. Xalq ta’limi vazirligi 2019-yildagi ustuvor vazifalarni belgilab oldi, deb xabar qildi Telegrammdagi o‘qituvchi kanali.

Sherzod Shermatov, Ministr narodnogo obrazovaniya - Sputnik O‘zbekiston
Birgalikda o‘qituvchilarimiz obro‘sini oshirishga harakat qilaylik - Shermatov

Xususan, yangi yildan boshlab umumiy o‘rta ta’limning o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga undaydigan Davlat ta’lim standartlari o‘quv dasturlari va o‘quv rejalari qaytadan ko‘rib chiqilib, takomillashtiriladi.

Har bir hududda (birinchisi 2019-yilda Qoraqalpog‘istonda) iqtidorli o‘quvchilar uchun "Prezident maktablari" tashkil etiladi.

2019 yildan boshlab, barcha sharoitlarga ega bo‘lgan "Zamonaviy maktab" barpo etiladi.

Jamiyatda o‘qituvchilarning nufuzini yanada oshirish maqsadida "O‘qituvchi maqomi to‘g‘risida" O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ishlab chiqiladi.

Ta’lim sifati yuqori bo‘lgan namunali maktablar tarmog‘i ("setevaya shkola") kengaytiriladi.

Davlat xususiy sherikchilik asosida nodavlat ta’lim muassasalari 2 baravarga ortadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘tgan yil 2-noyabr kuni xalq ta’limi tizimini yanada rivojlantirish borasidagi islohotlar samaradorligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda soha oldida yana ko‘plab vazifalar turgani, darsliklar ta’minoti, ta’lim dasturlari sifati, o‘qituvchilar bilim va malakasini oshirish, kadrlar yetishmovchiligini bartaraf etish haqida gapirgan edi.

Prezident ayni paytda maktab o‘qituvchilarining bilimi va malakasi talabga javob bermasligini, tizimdagi 422 mingdan ortiq pedagogning 65 ming nafari o‘rta maxsus ma’lumotli. Atigi 11 ming nafar o‘qituvchi oliy toifali ekanini qayd etgandi.

Nurafshon XTB Shermatovning ogohlantirishini eshitmaganga oldi >>>

Yangiliklar lentasi
0