Toshkent hokimi poytaxtni rivojlantirish strategiyasini o‘zgartiradi

© Mejdunarodniy press-klubXokim Tashkenta Artikxodjayev Djaxongir
Xokim Tashkenta Artikxodjayev Djaxongir - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkent shahar rahbarining so‘zlariga ko‘ra, hozirda u jamoasi bilan birgalikda shunday tizimni yaratish ustida ish olib bormoqda va buning uchun dunyoning rivojlangan kompaniyalaridan eskpertlar jalb etilgan.

TOShKENT, 29-iyun - Sputnik. Jahongir Artikxodjayev rahbarligidagi Toshkent shahar hokimligi Toshkentning yangi iqtisodiy-siyosiy rivojlanish strategiyasi tizimini yaratish ustida ish olib bormoqda. Bu haqda u bugun hokimlikda jurnalistlar uchun tashkil etilgan matbuot-anjumanida ma’lum qildi.

Noviy Tashkent: britansi predlojili unikalniy proyekt goroda - Sputnik O‘zbekiston
Yaqin ikki oy ichida Toshkent Bosh rejasi tayyor bo‘ladi

Sputnik muxbirining "Toshkentni o‘n yildan keyin qanday ko‘rishni xohlaysiz?" Strategiya ishlab chiqilganmi?", - degan savoliga javob berar ekan, nafaqat u, balki har bir fuqaro poytaxtni rivojlangan ko‘rishni xohlaydi, deb ta’kidladi.

"Nafaqat o‘n yil, balki besh yil, uch yildan keyin ham, kerak bo‘lsa ertaga rivojlangan holda ko‘rishni istaydi. Shuni aytmoqchimanki, oldimizga qo‘ygan vazifalarimiz bor. Lekin maqsadlarni, birinchi galda amalga oshiradigan ishlarimizni aniqlashtirib olishimiz kerak. Masalan, oldingi eski tizimda hududga rahbari - hokim tayinlansa, u o‘zini yangi g‘oyasi bilan kelardi va hamma ishni yangitlan boshlardi. Ya’ni bir ishni davom ettirib ketolmasdi. Hozirgi birinchi qilishimiz kerak bo‘lgan ishimiz - shunday bir tizim, strategiyani yaratishimiz kerak-ki, qancha ishlashimizdan qat’iy nazar, kelgan hokim biz boshlagan ishni davom ettirib ketsin", - deya tushuntirdi Artikxodjayev.

Toshkent shahar rahbarining so‘zlariga ko‘ra, hozirda u jamoasi bilan birgalikda shunday tizimni yaratish ustida ish olib bormoqda va buning uchun dunyoning rivojlangan kompaniyalaridan eskpertlar jalb etilgan.

Yangiliklar lentasi
0