Yaqin ikki oy ichida Toshkent Bosh rejasi tayyor bo‘ladi

© Vimeo"Noviy Tashkent": britansi predlojili unikalniy proyekt goroda
Noviy Tashkent: britansi predlojili unikalniy proyekt goroda - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkent shahar hokimi oxirgi chiqishlarining birida Toshkent Bosh rejasi may oyining oxirida tayyor bo‘lishini ma’lum qilgan edi. Biroq va’da va’daligicha qoldi

TOShKENT, 26-iyun - Sputnik. Toshkent shahar Bosh rejasi konsepsiyasi yaqin ikki oy ichida tayyor bo‘ladi, dedi Qurilish vaziri o‘rinbosari Shuxratxo‘ja Xashimov bugun chorshanba kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida bo‘lib o‘tgan shaharsozlik masalalariga bag‘ishlangan ochiq muloqot davomida, deb xabar berdi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Noviy Tashkent: britansi predlojili unikalniy proyekt goroda - Sputnik O‘zbekiston
"Yangi Toshkent" bosh rejasi taklif etildi

"Ayni vaqtda turk va ingliz kompaniyalari mutaxassislari Toshkent shahar Bosh rejasi konsepsiyasi ustida ishlashmoqda. Lekin shuni yaxshi tushunishlaringizni istardimki, shaharni rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlamay turib, Bosh rejani hayotga tatbiq etish uchun qabul qilish - bu murakkab masala, shu boisdan ham bugun konsepsiya ustida ish olib borilmoqda. Ishlab chiqilgandan keyin mas’ul mutaxassislar jalb etilgan holda ko‘rib chiqiladi va shundan so‘ng tasdiqlanadi. Bir-ikki oy ichida bu konsepsiya tayyor bo‘ladi", - dedi Xashimov.

Qurilish vaziri o‘rinbosari shuningdek, respublika hududida aholini joylashtirishning Bosh sxemasi ishlab chiqilayotganini ma’lum qildi.

Jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar, shaharlar hududlarini rejalashtirish sxemalari, aholi punktlarining bosh rejalari va boshqa shaharsozlik hujjatlari ustida jiddiy ish olib borilayotgani ta’kidlandi.

Yangiliklar lentasi
0