Dunyoda

Rossiyada razvedka samolyot va dronlar uchun koʻrinmas radar yaratildi

Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Rossiyada “Soʻqmoq” nomli passiv radioaloqa stantsiyasi tayyorlandi.

TOSHKENT, 28 iyun – Sputnik. Rossiyada samolyot va razvedka-dronlarga koʻrinmaydigan “Soʻqmoq” (Tropa) nomli passiv radioaloqa stantsiyasi yaratildi. Bu haqda “OKB-Planeta” tadqiqot kompaniyasi rahbari Aleksandr Petrov maʼlum qildi.

Transportno-zaryajayuщaya mashina kompleksa Iskander-K s krыlatыmi raketami R-500 - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Rossiya harbiylari yangi S-500 zenit-raketa tizimi bilan taʼminlanadi

“Ishlashi oddiy – televizion yoki uyali aloqa minoralardan aks etgan signaldan foydalaniladi, yaʼni radar oʻzi hech qanday nurlanish tarqatmaydi, demak uni hech kim koʻrmaydi va eshitmaydi”, - deydi mutaxassis.

Stantsiya muvaffaqiyatli sinovdan oʻtdi. Shahar qismida aloqa minoralaridan aks etgan samolyot signalini aniqladi.

“Buyurtmachilarning qiziqishi bor”, - deb taʼkidladi Petrov.

Uning soʻzlariga koʻra, nafaqat kuch ishlatar idoralar, balki shaxsiy hayoti “dronlar yordamida kuzatilishi”ni istamagan xususiy mijozlar ham xarid qilishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0