Iqtisod

Qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlash tartibi oʻzgarmoqda

CC BY-SA 2.0 / Ken Teegardin / Kalkulyator
Kalkulyator - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Yuridik shaxslarning banklarga joylashtirgan mablagʻlaridan oladigan toʻlovini foyda soligʻidan ozod qilish boʻyicha imtiyozlar bekor qilinadi.

TOSHKENT, 28 iyun – Sputnik. Soliq va bojxona imtiyozlari berilishini yanada tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi prezident farmoni qabul qilindi.

Kupyurы nominalom pyatdesyat tыsyach sumov - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Oʻzbekistonda ayrim soliq va bojxona imtiyozlari bekor qilindi

Farmonga muvofiq, 2019 yil 1 avgustdan:

- yagona yer soligʻi toʻlaydigan qishloq xoʻjaligi tovarlari ishlab chiqaruvchilar qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlashga ixtiyoriy oʻtishi mumkin;

- yil davomida xizmatlar koʻrsatishdan olgan tushumi 100 million soʻmdan oshgan, biroq 1 milliard soʻmdan koʻp boʻlmagan telekommunikatsiyalar operatorlari va (yoki) provayderlariga vositachilik xizmatlarini koʻrsatuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar xizmat haqi summasidan 25 foiz stavkada yagona soliq toʻlovini toʻlashga oʻtadi.

Shuningdek, 2019 yil 1 oktyabrdan:

- benzin, dizel va gazni yoqilgʻi quyish stantsiyalari orqali sotadigan yuridik shaxslar, ushbu tovarlardan tushgan tushumning miqdoridan qatʼiy nazar, qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchilari hisoblanadi;

- import qiluvchi tadbirkorlar, tovarlarni sotishdan tushgan tushum miqdoridan qatʼiy nazar, qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchilari hisoblanadilar.

Qoʻshilgan qiymat soligʻidan quyidagilar boʻyicha imtiyozlar bekor qilinadi (shu jumladan, import qilinganda ham):

Kupyurы nominalom pyatdesyat tыsyach sumov - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Naqd pul, virtual kassa va goʻsht: yangi qaror loyihasi tayyorlandi

- asbest, koʻmir, yogʻoch materiallari, yogʻoch va undan tayyorlangan buyumlar, uglevodorod xomashyosi;

- soya danagi, kungaboqar va kunjut urugʻlari, moyli xomashyo va shakar xomashyosi;

- qishloq xoʻjaligi texnikasi, avtotransport vositalari, avtotransport vositalarini ishlab chiqarishda foydalaniladigan butlovchi buyumlar, materiallar va texnologik asbob-uskunalar.

Bundan tashqari:

- yuridik shaxslarning banklarga joylashtirgan mablagʻlaridan oladigan toʻlovini foyda soligʻidan ozod qilish boʻyicha imtiyozlar bekor qilinadi;

- oʻzi ishlab chiqargan qishloq xoʻjaligi mahsulotlariga va Respublikada ishlab chiqarilgan oziq-ovqat mahsulotlariga belgilangan qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha imtiyozlar bekor qilinadi.

- 2019 yil yanvaridan sentyabrigacha 1 milliard soʻmdan ortiq pul tushumiga ega yoki 50 gektardan ortiq qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yeri boʻlgan yagona yer soligʻi toʻlovchilari qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchilari hisoblanadilar hamda qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchisi sifatida roʻyxatdan oʻtishlari shart.

Bunda, 2019 yil 1 oktyabrdan belgilangan pul tushumi chegaraviy darajasiga yetgan yagona yer soligʻi toʻlovchilar ushbu darajaga erishilgan oydan keyingi oyning 1 sanasidan boshlab qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlashga oʻtadi.

Kupyurы nomiralom pyatdesyat tыsyach sumov - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Yosh oilalarga imtiyozli asosda kredit berish tartibiga oʻzgartirish kiritiladi

Paxta xomashyosini ishlab chiqaruvchilar 2019 yil hosilidan boshlab qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlashga oʻtadilar.

Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan oziq-ovqat mahsulotlari qismi boʻyicha qoʻshilgan qiymat soligʻidan imtiyozga ega boʻlgan yuridik shaxslarga imtiyozdan voz kechish toʻgʻrisida xabarnoma berish asosida, xabarnoma berilgan oydan keyingi oyning 1 sanasidan qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlash huquqi berildi.

Mahalliy hokimliklarga yuridik shaxslarning mol-mulk, yer soligʻi va yagona yer soligʻining toʻlov muddatini 24 oygacha kechiktirish vakolati berildi (bunda ularning mazkur soliqlar boʻyicha imtiyoz berish huquqini bekor qilinadi).

2019 yil 1 avgustdan jismoniy shaxslarning sugʻurta tashkilotlariga hayotini uzoq muddatli sugʻurtalash boʻyicha sugʻurta mukofotini toʻlashga yoʻnaltiriladigan ish haqi va boshqa daromadlari soliqqa tortilmaydi.

Tadbirkorlarga asbob-uskunalar va (yoki) butlovchi buyumlar yetkazib berish boʻyicha import shartnomalari yuzasidan muddati oʻtgan debitor qarzdorlik uchun, agarda asbob-uskunalar va (yoki) butlovchi buyumlarni yetkazib berish muddati ularning texnik xususiyatlari va oʻziga xosligidan kelib chiqqan holda 180 kundan ortiq boʻlsa, moliyaviy jazo choralari qoʻllanilmaydi.

Yangiliklar lentasi
0