Pensiya va nafaqa tayinlash uchun taqdim qilinadigan hujjatlar soni qisqartirildi

© SputnikKoshelek s dengami
Koshelek s dengami - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yangi tartibga ko‘ra, pensiya va nafaqalarni tayinlash uchun 4 ta hujjat taqdim etilishi bekor qilindi.

TOShKENT, 28-iyun – Sputnik. Fuqarolarga pensiya va nafaqa tayinlash uchun taqdim qilinadigan hujjatlar soni qisqartirildi. Bu haqda Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi matbuot xizmati xabar qildi.  

Kupuri nominalom patdesat tisach sumov - Sputnik O‘zbekiston
Naqd pul, virtual kassa va go‘sht: yangi qaror loyihasi tayyorlandi

Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 17-mayda ro‘yxatga olingan “Pensiya ishlarini rasmiylashtirish va yuritish tartibi hamda pensiya xujjatlarining shakllari va ularni to‘ldirish qoidalari” to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Ushbu o‘zgartirish va qo‘shimchalar bilan joylarda fuqarolarga davlat xizmatlarini ko‘rsatilishida sansalorlik va boshqa ma’muriy to‘siqlarni bartaraf etish xamda ularga qulayliklar yaratishni kuchaytirish maqsadida pensiya va nafaqalar tayinlashda tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim qilish bo‘yicha quyidagi tartiblar bekor qilindi:

- fuqaroning jamg‘arib boriladigan pensiya kitobchasi nusxasi taqdim qilinishi;

- fuqaroning mehnat daftarchasi nusxasini taqdim qilinishi;

- fuqaroning yashash joyi bo‘yicha QFY, MFY, OFYlardan ma’lumotnomani taqdim qilinishi;

- vafot etgan fuqaroning o‘lim to‘g‘risidagi guvohnomaning asli.

Yangiliklar lentasi
0