TOSHKENT, 28 iyun – Sputnik. Moskvada nafaqadagi ayolni oʻta xavfli “qoraqurt” oʻrgimchak chaqdi. Sklifosovskiy nomidagi shifoxonada ayolning hayoti saqlab qolindi. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.
Hodisa 26 iyun kechqurun sodir boʻldi. 37 yoshli erkak xonani tozalayotgan boʻlgan. U 64 yoshli onaga divanda oʻtirib turishni aytadi. Toʻsatdan kishining oyogʻiga kattaligi 1,5 santimetr boʻlgan oʻrgimchak sakrab tushadi. Erkak uni siltaydi, oʻrgimchak onasini oyogʻiga tushib, uni chaqadi.
Oʻgʻilning soʻzlariga koʻra, onaning oyoqi shu zahoti “shishib ketadi”. Uy egasi oʻrgimchakni vilka yordamida tutib, shisha idishga soladi.
Keyinchalik toksikologiya boʻlimi shifokorlari bu “qoraqurt” oʻrgimchagi ekanligini tasdiqlashdi.
Erkakning soʻzlariga koʻra, yuqori qavatda taʼmirlash ishlari olib borilishi sababli yoki onasi sotib olgan uzum bilan birga uyda oʻrgimchak paydo boʻlgan boʻlishi mumkin.
Jabrlangan ayol shifoxona yotqizildi, shishishni yoʻqotish uchun kerakli muolajalar qilindi.
“Qoraqurt” oʻrgimchagi oʻta xavfli zaharli oʻrgimchak hisoblanadi, u Markaziy Osiyo - Qirgʻiziston, Qozogʻiston, Kalmikiya, Astraxan viloyati, Eron, Afgʻoniston, Oʻrta yer dengizi qirgʻoqlari, Shimoliy Afrika, Janubiy Yevropa, Rossiya va Ukraina janubida uchraydi.
Oʻrgimchak bezovta qilinmasa, u odam va hayvonlarga hujum qilmaydi. Uning zahri darhol taʼsir qiladi: odamlarda qaynoq ogʻriq paydo boʻlib, 10-15 daqiqada butun badan boʻylab tarqaydi.