Braziliyada chaqaloq zaharli chayon yetti marta chaqqandan keyin omon qoldi

Obuna bo‘lish
Zaharli chayon bolani yetti marta chaqqan ekan. Shifokorlar zudlik bilan bolaga dori qilishadi.

TOShKENT, 25 sen — Sputnik. Braziliyada chaqaloq zaharli chayon yetti marta chaqqandan keyin omon qoldi.

Ushbu holat mamlakatning sharqiy qismida Baiya shtatida sodir bo‘ldi. Ona bolasini cho‘miltirgandan so‘ng, unga pampersni kiyib qo‘yadi. Lekin pampers ichida chayon borligini ko‘rmay qoladi. Bola nafasi bo‘g‘ilishi boshlanadi. Shundan keyin ayol zudlik bilan uni shifoxonaga olib boradi.

Moskovskiy zoopark - Sputnik O‘zbekiston
Olmaliqdagi uylardan birida zaharli ilon zararsizlantirildi

Shifokorlar bolani ko‘rib chiqishganda, uning ichki kiyimlari orasida chayonni topib olishadi. Chayon bolaning kindik yaqinida yetti marta chaqqan ekan.

Bolaga zudlik bilan 6 ta zaharga qarshi dori qilishadi. Bola omon qolishga umid kam edi.

Qizcha jonlantirish bo‘limiga yotqizildi. Bir necha kundan keyin o‘ziga kelishni boshlaydi.

Shifokorlarning so‘zlariga ko‘ra, chayon chaqqandan keyin ikki soat ichida zaharga qarshi dori qilinganligi tufayli bolani qutqarib qolishga muvaffaq bo‘ldi.

Yangiliklar lentasi
0