O‘zbekiston yevrobondlar bozorida "istiqbolli yulduz" – Rayffayzenbank

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishOfis banka "Rayffayzen"
Ofis banka Rayffayzen - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Fevral oyida O‘zbekiston umumiy qiymati 1 milliard dollardan ortiq bo‘lgan yevroobligatsiyalar joylashtirdi.

TOShKENT, 27-iyun - Sputnik. O‘zbekiston yaqin ikki yil ichida yevrobondlar chiqarish bo‘yicha MDHda uchinchi o‘ringa chiqishi mumkin, dedi RIA Novostiga “Rayffayzenbank” moliyaviy institutlar bo‘limi Anastasiya Yevstigneyeva.

“Kelayotgan 1-2 yil ichida biz O‘zbekistonni chiqarilayotgan yangi yevroobligatsiyalar bo‘yicha yetakchi uchlikda ko‘rishimiz mumkin”, - dedi mutaxassis Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan bankchilar sammitida.

Yevstigneyeva aytishiga ko‘ra, ayni damda O‘zbekiston qarzga kapital olish bo‘yicha ayni damda MDHda eng “istiqbolli yulduzdir”. Uning fikriga ko‘ra, bunda O‘zbekiston iqtisodiy rivojlanish sur’ati hamda investorlarning O‘zbek obligatsiyalariga ishqibozligi ham katta rol o‘ynaydi.

“Bu O‘zbekiston bozorini rivojlantirish uchun a’lo djarajadagi  uyg‘unlik”, - dedi bank vakili.

Obyemniy logotip yevro - Sputnik O‘zbekiston
Yevropa investitsiya banki O‘zbekistonga 400 million yevro kredit beradi

Eslatib o‘tamiz, ushbu yilning fevral oyida O‘zbekiston ilk bor umumiy qiymati milliard dollar bo‘lgan yevrobondlarni joylashtirgan edi. Ular 500 millionli ikki guruhga bo‘lingan bo‘lib, birinchisining yillik daromadi  4,75% va so‘ndirish muddati 2024-yil, ikkinchisining yillik daromadi 5,375 % bo‘lib so‘ndirish muddati 2029-yilga belgilangan edi.

Ma’lumot uchun, Yevrobondlar yoki Yevroobligatsiyalar — bu uzoq muddatli (3 – 30-yil) kreditga muhtoj bo‘lgan hukumatlar, xalqaro tashkilotlar yoki yirik kompaniyalar tomonidan, Yevropa qimmatbahao qozg‘ozlar bozoriga chiqariladigan xalqaro qarzdorlik majburiyatidir. Yevroobligatsiyalarning xususiyatidan biri shundaki – ularning foizi qarz bergan tomonga to‘liq to‘lanadi, daromad solig‘i ushlab qolinmaydi.

26-27 iyunda Toshkentda Xalqaro Bank sammmiti bo‘lib o‘tmoqda. Unda Avstriyaning "Rayffayzen" banki moliya institutlari departamenti direktori Aksel Zummer boshchiligidagi yirik delegatsiya ham ishtirok etmoqda. 

Yangiliklar lentasi
0