TOShKENT, 22-may — Sputnik. Yevropa investitsiya banki oktabrda O‘zbekistonga 400 million yevro miqdorida birinchi kredit ajratishni rejalashtirmoqda, deb xabar qildi ushbu bank prezident o‘rinbosari Vasil Xudak.
Eslatib o‘tamiz, Yevropa investitsiya banki delegatsiyasi Vasil Xudak boshchiligida 20-may kuni rasmiy tashrib bilan O‘zbekistonga keldi.
“Aytish mumkinki, bugungi kunda biz 300-400 million yevro miqdorida bo‘lgan loyihalar bo‘yicha kelishib oldik… Buni oktabrda O‘zbekiston prezidenti Brussel, Yevropa Ittifoqiga tashrif buyurganda imzolash rejalashtirmoqdamiz”, — dedi Xudak O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov bilan muzokara chog‘ida.
Yevropa investitsiya banki rahbariyati so‘zlariga ko‘ra, tomonlar bir yil davomida o‘tkazilgan muzokaralardan so‘ng aniq loyihalarni muhokama qilishga o‘tishdi.
Xudak Yevropa investitsiya banki kreditlari hisobidan energiyani tejash, suv resurslari boshqarish, infratuzilmani rivojlashtirish, issiqlik ta’minoti, mashinasozlik sohalardagi loyihalari amalga oshirish rejalashtirilganligini ma’lum qildi.
Xususan, ushbu bank mikroavtobuslar va tijorat avtomobillarni ishlab chiqaruvchi Uzbekistan Peugeot Citroen Automotive qo‘shma kompaniyasiga 60 million yevro ajratishni ko‘zda tutmoqda.
Bugungi kungacha Yevropa investitsiya banki Qozog‘istonga, Qirg‘iziston, Tojikiston infratuzilmalarni, kichik va o‘rta biznesdagi loyihalarni moliyalashtirish uchun 710 million yevro ajratdi.