TOShKENT, 27-iyun - Sputnik. Tunis markazida ikkita portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, birinchi portlash xudkush-terrorchi ayol tomonidan sodir etilgan. U o‘zini Fransiya elchixonasi va TIV binosi joylashgan gavjum ko‘chada portlatib yuborgan. Hujum maqsadi politsiya patrul mashinasi bo‘lgan.
Ikkinchi portlash Milliy terrorizmga qarshi kurash boshqarmasi avtoturargohida sodir bo‘lgan. Ma’lum qilinishicha, xudkush-terrorchi bino ichiga kira olmagani sababli odamlar bo‘lishi mumkin bo‘lgan joyda o‘zini portlatib yuborgan.
“Al-Hadas” nashrining xabar qilishicha, portlashlar oqibatida bir nafar politsiya xodimi halok bo‘lgan, bundan tashqari kamida 4 kishi jarohat olgan
Hozirda portlash sodir bo‘lgan hududlar o‘rab olingan va hodisa tafsilotlarini o‘rganilmoqda.