TOShKENT, 7-iyun — Sputnik. Shvetsiyaning Linchoping shahri markazida kuchli portlash sodir bo‘ldi.
RIA Novostining mahalliy politsiya vakiliga tayanib xabar berishicha, portlash oqibatida 25 kishi jabrlangan.
“Yigirma besh kishi jabrlandi, lekin jiddiy emas”, - deya ma’lum qilishgan.
Portlash mahalliy vaqt bilan soat 09:00lar atrofida ko‘p qavatli uylar oldida sodir bo‘lgan. Ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirilgan suratlarda bir necha binoning oinalar sinib ketgani, uy ayvonlari shikastlanganini ko‘rish mumkin.
Bosnien? Pristina? Inte då, detta är från centrala Linköping denna morgon där en större explosion inträffat. pic.twitter.com/36zUXrYsm6
— . (@Cykel_blyat) 7 iyunya 2019 g.
Politsiya binolarga yaqin ko‘chalarni qurshab olgan.
Hozirda portlash sabablari aniqlanmoqda.