TOShKENT, 13 noya – Sputnik. Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tuman IIBga maktab o‘quvchisiga nisbatan talonchilik sodir etilgan haqida ariza kelib tushgandi, deb xabar qildi IIV matbuot xizmati.
Xabarda aytilishicha, 2 noma’lum shaxs, G‘azalkent shahrida yashovchi maktab o‘quvchisi A.D.ni qo‘lidan “MI-A2-Lite” rusumli mobil telefonini tortib olib, voqea joyidan g‘oyib bo‘lishgan.
“Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni G‘azalkent shahrida yashovchi, 1-sonli o‘rta maktabning 10-sinfida tahsil oluvchi o‘quvchilar T.A. va D.A.lar sodir etganliklari aniqlanib, ushlanganlar. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda”, - deyilgan xabarda.