Siyosatga aralashma: Yulduz Usmonova Gulnorani sog‘ingan artistlarga maslahat berdi

© Foto: yulduz.uzYulduz Usmanova
Yulduz Usmanova - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yulduz Usmonova estrada yulduzlariga o‘g‘rining tarafini olmaslikni maslahat bergan

TOShKENT, 27-iyun - Sputnik. O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova Gulnora Karimovani sog‘ingan san’atkorlarga atab, video-murojaat tayyorladi. O‘zining Instagramida e’lon qilgan video-rolikda san’atkor estrada yulduzlarini "bu safar judayam haddidan oshganlikda" ayblagan.

Feyki, zvezdi i jurnalisti: kto trebuyet osvobojdeniya Gulnari Karimovoy - Sputnik O‘zbekiston
Yulduzlar Gulnora Karimovani qo‘llab-quvvatlagani rostmi - Sputnik tahlili

"San’atkorlarimizning Gulnora Karimovani qattiq sog‘inib, yuraklari ezilib ketibdi. Chiqadi boshlaringga balo bo‘lib.
Mendan so‘rasalaring bo‘ladi, ertalabgacha xizmatlarini qilib, pulimni ololmagan kunlarim bo‘lgan. Qachon ko‘zlaring ochiladi? Bugun ashula aytabsan, ertaga hech kim emassan. Nega xalqni boshini aylantirapsanlar?", - degan san’atkorlarga murojaatida Yulduz Usmonova va nega Karimovani sog‘inmasligini tushuntirar ekan, "qaysi o‘g‘rini sog‘inishim kerak, u o‘g‘ri-ku", degan.

Usmonova Gulnora Karimovani sog‘inib, post yozayotgan estrada yulduzlariga "xom-xatala gaplarni" yig‘ishtirishni, siyosatga aralashmaslikni maslahat bergan.

"Ijod qilinglar, mikrofonni olib, tuzuk ashula aytishni o‘rganinglar. Siyosatchilar bizga tegar edi, biz xafa bo‘lib, intervyu berar edik. Bugun tegmayabdi. Nega sizlar tegabsizlar siyosatchilarga? Achchig‘im kelayotgani shu", - degan u.

Shuningdek, Yulduz Usmonova sog‘inayotlarga qarata "otlaringni bitta-bitta aytaman, xalq bitta-bitta tupursa, la’natning ichida qolib ketasan", degan.

Yangiliklar lentasi
0