Yulduzlar Gulnora Karimovani qo‘llab-quvvatlagani rostmi - Sputnik tahlili

© InstagramFeyki, zvezdi i jurnalisti: kto trebuyet osvobojdeniya Gulnari Karimovoy
Feyki, zvezdi i jurnalisti: kto trebuyet osvobojdeniya Gulnari Karimovoy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ijtimoiy tarmoqlarning o‘zbek segmentida bir necha kundirki mahalliy mashhurlar nomidan birinchi prezidentning qizi - Gulnora Karimovani ozod qilish haqida da’vatlar paydo bo‘lmoqda. Keyinchalik ular safiga ayrim OAV va blogerlar ham qo‘shildi. Aslida nima ro‘y berayotgani haqida Sputnik O‘zbekiston materialida o‘qing.

TOShKENT, 27-iyun — Sputnik. O‘zbek ijtimoiy tarmoqlarida yoppasiga Gulnora Karimovaning ozod qilinishiga bag‘ishlangan xabarlar paydo bo‘la boshladi. Kimdir Karimovaga atab dil izhor qilgan bo‘lsa, boshqalari - sog‘lik tilashmoqda, uchinchi toifadagilar esa uning ozod etilishiga umid bildirishgan.

Gulnora Karimovaning qizi Imon so‘nggi vaqtlarda Instagram da faollashdi. Ayrim OAVlar uning postlariga tayanib, "yulduzlar Karimovaning ozod etilishini talab qilishmoqda", deya xabar bera boshladilar. Sputnik O‘zbekiston mana shu voqealarga oydinlik kiritishga harakat qildi.

Yulduzlar

Respublika shou-biznes olamining ayrim vakillari haqiatan ham Karimovani qo‘llab-quvvatlashlarini bildirganlar. Ular orasida qiziqchi Halima Ibragimova ham bor. Faqat u Karimovaga bag‘ishlab yozilgan postni bir oz vaqtdan so‘ng negadir olib tashlagan. San’atkor o‘z postida Karimovaga kuch va sog‘lik tilab, tezroq uyiga, farzandlari bag‘riga qaytishiga umid bildirgan.

Taniqli o‘zbek musiqachisi, Bojalar guruhi solisti prezidentning to‘ng‘ich qizini sog‘inganini bildirgan. Jahongir Poziljonov ijtimoiy tarmoqlarga Gulnora Karimova bilan birga tushgan suratini joylagan.

Feyklar

Qator OAVlar, mashhurlarning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalaridan skrinshotlarni e’lon qilib, bu "fleshmob"ni "xalq tashabbusiga" chiqarganlar. Shu bilan birga, Instagramdagi har bir shunday xabarda Karimovaning qizi Imon akkaunti belgilangan bo‘lgan.

 Imon Karimova DXX raisi va bosh prokurorga xat bilan murojaat qildi >>>

Ammo keyin ma’lum bo‘ldiki, "yulduzlar"ning ayrim profillari shunchaki feyk bo‘lib chiqdi, yulduzlar esa o‘zlari nomidan kimdir "madad postlarini" chop etayotganligidan hatto xabarlari yo‘qligini tan olishgan.

Sputnik xuddi shunday uchta misolni tahlil qildi. Xonanda yoki aktrisalarning rasmiy akkauntlarida Karimova haqida xabarlar mavjud emas, ammo mashhurlarga tegishli bo‘lmagan, lekin ular nomidan yuritilayotgan boshqa akkauntlarda qamoqqa olingan Karimovaga atab yangi postlar chop etilishda davom etmoqda.

Misol tariqasida, taniqli aktrisa Shahzoda Matchanovaning akkauntlarini keltiramiz.

Feyki, zvezdi i jurnalisti: kto trebuyet osvobojdeniya Gulnari Karimovoy
Yulduzlar Gulnora Karimovani qo‘llab-quvvatlagani rostmi - Sputnik tahlili - Sputnik O‘zbekiston
Feyki, zvezdi i jurnalisti: kto trebuyet osvobojdeniya Gulnari Karimovoy

Aktrisaning feyk akkaunti chapda, rasmiy akkaunti esa o‘ngda joylashgan.

Xuddi shunday holat xonanda va aktrisa Rayhon bilan ham takrorlangan.

Feyki, zvezdi i jurnalisti: kto trebuyet osvobojdeniya Gulnari Karimovoy
Yulduzlar Gulnora Karimovani qo‘llab-quvvatlagani rostmi - Sputnik tahlili - Sputnik O‘zbekiston
Feyki, zvezdi i jurnalisti: kto trebuyet osvobojdeniya Gulnari Karimovoy

Xonanda Rayhonning yeyk akkaunti chapda, rasmiy akkaunti esa o‘ngda joylashgan.

Keyinchalik ushbu feyk sahifalarning aksariyati o‘z nomini "fan hamjamiyatlar"ga o‘zgartirgan, ayrim postlar esa hatto olib tashlangan. Ammo bu holat ayrim nashrlar hech narsadan bexabar va bunday aksiya borligi haqida hatto o‘ylamagan estrada yulduzlarini Karimova tarafdorlari safiga qo‘shish uchun yetarli bo‘ldi.

Sputnik O‘zbekiston ijtimoiy tarmoqlarda aktrisa Jamila G‘ofurova bilan bog‘landi, aktrisa Internetda uning nomidan chop etilayotgan postlarga o‘zining aloqasi yo‘qligini ma’lum qildi.

G‘ofurova biz bilan muloqotdan so‘ng Instagram dagi rasmiy sahifasida o‘z kuzatuvchilariga Karimovani qo‘llab-quvvatlash aksiyasiga o‘zining hech qanday aloqasi yo‘qligi haqida ma’lum qildi va Stories ga klon-sahifani joylab qo‘ydi.

"O‘zbekkonsert" vakillaridan, shou-biznesning boshqa ko‘plab vakillaridan kabi, bu mavzuda izoh olishning imkoni bo‘lmadi. 

Gulnora Karimovaning jinoyatlari

Ayni vaqtda O‘zbekiston prezidentining to‘ng‘ich qizi Gulnora Karimova ikkita jinoyat ishi bo‘yicha jazoga tortilgan. Bundan tashqari, Karimovaning 133 million dollar hajmidagi aktivlarini O‘zbekistonga qaytarish jarayoni boshlab yuborilgan.

Tergov davomida ushbu mablag‘lar noqonuniy yo‘l bilan topilgani, so‘ngra chet elda, ko‘proq Shveysariyada "yuvilgani" aniqlangan. Olti yildan uzoqroq vaqt davom etayotgan jinoyat ishida 784 million dollarga yaqin mablag‘ muzlatib qo‘yilgan.

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi ma’lumotlariga ko‘ra, ikkita jinoiy ish bo‘yicha yetkazilgan zararning umumiy miqdori taxminan 2 milliard dollarni tashkil etadi. Rasmiy Toshkent Gulnora Karimovaning 12ta davlat, shu jumladan, Rossiyadagi umumiy summasi 1,5 milliarddan ziyod bo‘lgan mol-mulkini hibsga olish tashabbusi bilan chiqqan.

Yangiliklar lentasi
0