Qirg‘iziston parlamenti Atambayevdan daxlsizlikni olib tashladi

© Vladimir AstapkovichPrezident Kirgizstana Almazbek Atambayev
Prezident Kirgizstana Almazbek Atambayev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Almazbek Atambayevdan sobiq prezident maqomini olib tashlashga 103 deputat ovoz berdi, faqatgina 6 deputat bunga qarshi bo‘ldi.

TOShKENT, 27-iyun – Sputnik. Qirg‘iziston parlamenti deputatlari Almazbek Atambayevni sobiq prezident maqomini olib tashlashga ovoz berishdi. Endi u to‘g‘ridan-to‘g‘ri daxlsizlikdan mahrum bo‘ladi.

Bu haqda Sputnik Qirg‘iziston xabar qildi.

Eks-prezident KR Almazbek Atambayev okolo svoyego doma v sele Koy-Tash gde sobirayutsya lyudi - Sputnik O‘zbekiston
Atambayev uyi oldida yuzdan ortiq kishi to‘plandi

Atambayevdan sobiq prezident maqomini olib tashlashga 103 deputat ovoz berdi, faqatgina 6 deputat bunga qarshi bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, Qirg‘iziston parlamenti 13-iyun kuni maxsus komissiyani tashkil etgan va u olib borgan ish natijasida Almazbek Atambayev oltita jinoyatga aloqador bo‘lishi mumkinligi haqida xulosa qilingan.

Juqorg‘u Keneshi 20-iyunda xulosani tasdiqlab, bosh prokuraturaga yubordi.

Xulosaga ko‘ra sobiq prezidentga nisbatan quyidagi aylovlar ilgari surildi: Bishkek IES modernizatsiyasi bo‘yicha korrupsiya ishi va stansiyaga noqonuniy tarzda ko‘mir yetkazib berilishi, Tarixiy muzeyni rekonstruksiyasida korrupsiya ishi, jinoiy avtoritet Aziz Batukayevning qonunga zid ravishda ozod etilishi, Koy-Tash va Chon Sari-Oy qishloqlarida yer uchastkalarini noqonuniy egallanishi.

Shu haftada, 25-iyun kuni mamlakat bosh prokurori O‘tkurbek Jamshitov sobiq prezident ehtimol besh jinoyatlarga aloqador bo‘lishi mumkinligi haqida bayonot berdi.

Qirg‘iziston sobiq prezidenti Atambayevga besh epizod bo‘yicha ayblov qo‘yilishi mumkin. U gap Koy-Tash qishlog‘ida yer uchastkalarini noqonuniy egallanishi, jinoiy avtoritet Aziz Batukayevning qonunga zid ravishda ozod etilishi, Bishkek IES modernizatsiyasi bo‘yicha korrupsiya ishi va unga noqonuniy tarzda ko‘mir yetkazib berilishi hamda tadbirkor Subixi Parxati ishtirokidagi korrupsiya fakti haqida borayotganini ta’kidladi. Xulosani ko‘rib chiqish uchun parlamentga yuborildi.

Yangiliklar lentasi
0