Atambayev uyi oldida yuzdan ortiq kishi to‘plandi

© Sputnik / Tabildi KadirbekovEks-prezident KR Almazbek Atambayev okolo svoyego doma v sele Koy-Tash gde sobirayutsya lyudi
Eks-prezident KR Almazbek Atambayev okolo svoyego doma v sele Koy-Tash gde sobirayutsya lyudi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Atambayev uyi devori bo‘ylab beton plitalar paydo bo‘ldi. Uy oldiga katta yuk mashinada toshlar olib kelindi.

TOShKENT, 26-iyun – Sputnik. Qirg‘iziston sobiq prezidenti Almazbek Atambayevning Qo‘y-Tosh qishlog‘idagi dala hovlisi oldida yuzdan ortiq kishi to‘plandi. Bu haqda Sputnik Qirg‘iziston muxbiri xabar qildi.

Vo dvore doma Atambayeva razgruzili gruzovik s kamnyami - Sputnik O‘zbekiston
Atambayev uy hovlisi oldida yuk mashina toshlarni to‘kdi. Nima uchun?

Sobiq prezident uyi yaqiniga odamlar mashinalarda kelmoqda. Hovliga matraslar olib kelindi. Bir sutka davomida Atambayevning uyi devori bo‘ylab beton plitalar paydo bo‘ldi. Katta yuk mashinada  toshlar olib kelindi.

Bu holat ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarida ko‘p savollar paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Atambayev qo‘lga olinadigan bo‘lsa, uning tarafdorlariga bu toshlar qarshilik ko‘rsatish uchun kerak bo‘lishi mumkin degan taxminlar bildirilmoqda.

Atambayevning maslahatchisi Kunduz Joldubayevaning so‘zlariga ko‘ra, uy hovlisida ta’mirlash ishlari  olib borilmoqda va poydevor qurish uchun toshlar olib kelindi.

Bundan tashqari uy yaqinida jurnalist va tarafdorlar uchun shtab tashkil etildi.

O‘tgan shanba, 22-iyun kuni 300 yaqin tarafdor Atambayevning Qo‘y-Tosh qishlog‘idagi dala hovlisida to‘planishgandi. To‘plangan fuqarolar asosan Juqorg‘u Kenesh ishini tanqid qildi.

Eslatib o‘tamiz, Qirg‘iziston parlamenti 13-iyun kuni maxsus komissiyani tashkil etgan va u olib borgan ish yakunida Atambayev oltita jinoyatga aloqador bo‘lishi mumkinligi haqida xulosa qilingan.

Juqorg‘u Keneshi 20-iyunda xulosani tasdiqlab, bosh prokuraturaga yubordi.

25 iyun kuni mamlakat bosh prokurori O‘tkurbek Jamshitov sobiq prezident ehtimol besh jinoyatlarga aloqador bo‘lishi mumkinligi haqida bayonot berdi. Xulosani ko‘rib chiqish uchun parlamentga yuborildi. Biroq bugun bu masala kun tartibiga kirmadi.

Yangiliklar lentasi
0