TOShKENT, 27-iyun – Sputnik. Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov jurnalistlarga aytgan bayonotiga ko‘ra, Atambayevni sobiq prezident maqomi mahrum etilishi – bu Qirg‘iziston ichki ishlari.
Peskovning so‘zlariga ko‘ra, Kreml bu masalaga aralasha olmaydi.
“Bu har qanday davlatning ichki ishidir. Biz aralasha olmaymiz, bu ishlarga aralashish hech qanday istak yo‘q. Hukm chiqarish noto‘g‘ri bo‘lardi, har bir mamlakatda bu holatga o‘zining tajribasi bor”, - dedi Peskov.
Bugun, Qirg‘iziston parlamenti deputatlari Almazbek Atambayevni sobiq prezident maqomini olib tashlashga ovoz berishdi.
Atambayevdan sobiq prezident maqomini olib tashlashga 103 deputat ovoz berdi, 6 deputat bunga qarshi bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, Qirg‘iziston parlamenti 13-iyun kuni maxsus komissiyani tashkil etgan va u olib borgan ish natijasida Almazbek Atambayev oltita jinoyatga aloqador bo‘lishi mumkinligi haqida xulosa qilingan.
Juqorg‘u Keneshi 20-iyunda xulosani tasdiqlab, bosh prokuraturaga yubordi.
Xulosaga ko‘ra sobiq prezidentga nisbatan quyidagi aylovlar ilgari surildi: Bishkek IES modernizatsiyasi bo‘yicha korrupsiya ishi va stansiyaga noqonuniy tarzda ko‘mir yetkazib berilishi, Tarixiy muzeyni rekonstruksiyasida korrupsiya ishi, jinoiy avtoritet Aziz Batukayevning qonunga zid ravishda ozod etilishi, Koy-Tash va Chon Sari-Oy qishloqlarida yer uchastkalarini noqonuniy egallanishi.
Shu haftada, 25-iyun kuni mamlakat bosh prokurori O‘tkurbek Jamshitov sobiq prezident ehtimol besh jinoyatlarga aloqador bo‘lishi mumkinligi haqida bayonot berdi.
Qirg‘iziston sobiq prezidenti Atambayevga besh epizod bo‘yicha ayblov qo‘yilishi mumkin. U gap Koy-Tash qishlog‘ida yer uchastkalarini noqonuniy egallanishi, jinoiy avtoritet Aziz Batukayevning qonunga zid ravishda ozod etilishi, Bishkek IES modernizatsiyasi bo‘yicha korrupsiya ishi va unga noqonuniy tarzda ko‘mir yetkazib berilishi hamda tadbirkor Subixi Parxati ishtirokidagi korrupsiya fakti haqida borayotganini ta’kidladi. Xulosani ko‘rib chiqish uchun parlamentga yuborildi.