O‘zbekistonning Rostov-na-Donu shahridagi bosh konsuli tayinlandi

© Sputnik / Aleksandr Pogotov / Mediabankka o‘tishVid na Rostov-na-Donu cherez kolokolnyu kafedralnogo sobora Rojdestva Presvatoy Bogorodisi
Vid na Rostov-na-Donu cherez kolokolnyu kafedralnogo sobora Rojdestva Presvatoy Bogorodisi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
R.Kurganbayev bunga qadar TIVning Konsullik-huquqiy departamenti direktori o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.

TOShKENT, 26-iyun – Sputnik. Rustam Kurganbayev O‘zbekiston Respublikasining Rostov-na-Donu shahridagi (Rossiya Federatsiyasi) Bosh konsuli etib tayinlandi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar qildi.

R.Kurganbayev bunga qadar TIVning Konsullik-huquqiy departamenti direktori o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.

Otkritie konsulstva Uzbekistana v Kazani - Sputnik O‘zbekiston
Qozonda O‘zbekistonning bosh konsulxonasi ochildi – foto

Rostov-na-Donu shahridagi Bosh konsulxona konsullik okrugiga Rossiyaning Shimoliy Kavkaz federal okrugi (Dog‘iston Respublikasi, Ingushiya Respublikasi, Kabarda-Balkariya Respublikasi, Qorachoy Cherkasiya Respublikasi, Stavropol o‘lkasi, Checheniston Respublikasi, Shimoliy Osetiya Respublikasi) va Janubiy federal okrugi (Adigeya Respublikasi, Astraxan viloyati, Qalmoq Respublikasi, Krasnodar o‘lkasi, Volgograd viloyati, Rostov viloyati) kiradi.

Ushbu hududlarda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari zarurat tug‘ilgan holatlarda quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkin: +7-863-285-50-57.

Avvalroq Tatariston poytaxti Qozon shahrida O‘zbekistonning Bosh konsulxonasi ochilgani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0