O‘zbekiston qurilish vaziri o‘rinbosari: bir xil tipdagi binolardan voz kechish vaqti keldi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaZamministra ministerstva stroitelstva Shuxratxudja Xashimov
Zamministra ministerstva stroitelstva Shuxratxudja Xashimov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yangi binolarni qurishda va kommunikatsiyalarni o‘tkazishda O‘zbekistonga yangi ijodiy va texnologik yechimlar zarur. Bu haqda Toshkentda bo‘lib o‘tgan brifingda qurilish vaziri o‘rinbosari Shuhratxo‘ja Xashimov ma’lum qildi.

Sputnik O‘zbekiston muxbirining Toshkentning zamonaviy qiyofasidagi kamchiliklari haqidagi savoliga javob berar ekan, vazir o‘rinbosari, shahar va umuman respublika shaharsozlik siyosatida zamonaviy texnologiyalarni faolroq qo‘llash lozimligini qayd etdi. Ushbu yo‘nalishda ilk qadamlar allaqachon qo‘yilgan.

Noviy Tashkent: britansi predlojili unikalniy proyekt goroda - Sputnik O‘zbekiston
Yaqin ikki oy ichida Toshkent Bosh rejasi tayyor bo‘ladi

"Uylarni loyihalashtirish va qurishda standart yechimlardan chekinish lozim. Katta hisobda, standart uzunburchak binolar - o‘tgan asrda qoldi. Ha, biz mua’yan jihatlarni hisobga olishimiz kerak, shu jumladan seysmologiyani ham, lekin bugungi kunda texnologiyalar deyarli har qanday turdagi masalalarga yechim topa oladi. Bugun biz loyihalashtirishda BIM-texnologiyani qo‘llayapmiz — ya’ni 3D model tufayli bo‘lajak qurilish majmuasi, shu jumladan, kommunikatsiyalarni ham to‘liq ko‘rish imkoniyatini bermoqda. Buni an’anaviy qo‘llanmalarga taqqoslaganda, ulkan afzallik sifatida qabul qilish kerak", - dedi Xashimov.

U shuningdek, arxitekturaga oid xilma-xillik va binodan foydalanish samaradorligini oshirishdan tashqari, keyinchalik ekskavatorlar yordamida yerni qazishga, ochiq usulda ta’mirlash ishlarini olib borishga majbur bo‘lmaslik uchun, puxta o‘ylangan kommunikatsiyalar tizimiga investitsiya kiritish maqsadga muvofiqligini ta’kidladi.

"Bu albatta qo‘shimcha harajatlarni talab etadi, lekin ushbu kommunikatsiyalar ekspluatatsiya jarayonida to‘liq o‘zini oqlaydi. Hammasi pulga, investorlar imkoniyatiga borib taqalmoqda, shu bilan birga bu yerda buyurtmachilar mentalitetini ham o‘zgartirish zarur", - deb ta’kidladi Qurilish vazirligi vakili.

Poytaxtda transport holatini yaxshilash haqida to‘xtalar ekan, Xashimov logistika va shahar yo‘l tarmog‘ini rivojlantirish masalasini boshqa loyihalardan ajratib, puxta o‘ylanmagan shahar bosh rejasisiz tasavvur qilib bo‘lmasligini aytdi.

"Biz hozir yangi davrda, yangicha sharoitlarda yashayapmiz, "xavfsiz shahar", "smart-city" va boshqa ko‘plab global loyihalar hayotga tatbiq etilmoqda. Asosiysi - bu jarayonlarni o‘zaro bog‘lash, va shundan so‘nggina transport muhiti samaradorligini oshirish bo‘yicha aniq choralarni qabul qilish lozim. Fikrimcha, bu ishni yo‘l yechimlaridan boshlash kerak", - dedi vazir o‘rinbosari.

Shuhratxo‘ja Xashimovning to‘liq javobini rus tilida Sputnik O‘zbekiston radiopodkastida tinglang.

Zamministra stroitelstva Uzbekistana: odnotipnie zdaniya — eto proshliy vek
Yangiliklar lentasi
0