Rossiyada 22 yoshli O‘zbekiston fuqarosi baxtsiz hodisa tufayli vafot etdi

© Sputnik / Aleksandr Vilf / Mediabankka o‘tishMer Moskvi S. Sobanin osmotrel xod stroitelstva JK "ZILART"
Mer Moskvi S. Sobanin osmotrel xod stroitelstva JK ZILART - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qurilish obyektida baxtsiz hodisa tufayli o‘zbekistonlik to‘satdan vafot etgan.

TOShKENT, 25-iyun - Sputnik. Rossiyada 22 yoshli O‘zbekiston fuqarosi baxtiz hodisa tufayli vafot etdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar qildi.

Mamlakatning Vladivostok shahridagi (Rossiya) Bosh Konsulxonasi ma’lumotiga ko‘ra, 23-iyun kuni Primore o‘lkasida qurilish obyektida baxtsiz hodisa tufayli 1997-yil 23-fevralda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi Kunuzoqov Ziyodulla Shuhrat o‘g‘li to‘satdan vafot etgan.

Politseyskie mikroavtobusi v Stokgolme - Sputnik O‘zbekiston
Shvetsiyada ijaradagi kvartirada o‘zbekistonlik vafot etdi

Aniqlik kiritilishicha, fuqaro ushbu hududda 2018-yil iyun oyidan buyon qonuniy ravishda yashab kelgan va kranchi bo‘lib ishlagan.

Ayni paytda Bosh konsulxona O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligining Moskva shahridagi vakolatxonasi bilan birgalikda marhumning jasadini vatanga olib kelish masalasi bilan shug‘ullanmoqda.

Konsullik-huquqiy departamenti marhumning oila a’zolari va yaqinlariga ta’ziya bildirgan. Shuningdek, Rossiyaning Uzoqsharqiy federal okrugi (Amur viloyati, Kamchatka o‘lkasi, Magadan viloyati, Primore o‘lkasi, Saxa Respublikasi (Yoqutiston), Saxalin viloyati, Yahudiy avtonom viloyati, Xabarovsk o‘lkasi, Chukotka avtonom okrugi) hududida joylashgan fuqarolar zarur vaziyatlarda mamlakatning Vladivostok shahridagi Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tgan: +7-423-260-48-00, +7-951-018-70-07

Yangiliklar lentasi
0