Atambayev uy hovlisi oldida yuk mashina toshlarni to‘kdi. Nima uchun?

© Sputnik / Tabildi Kadirbekov Vo dvore doma Atambayeva razgruzili gruzovik s kamnyami
Vo dvore doma Atambayeva razgruzili gruzovik s kamnyami - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sobiq prezident o‘z tarafdorlari bilan suhbatlashdi. Uning uyiga olib keladigan yo‘lda va uy darvozasi oldida beton plitalar paydo bo‘ldi.

TOShKENT, 26-iyun – Sputnik. Sobiq prezident Almazbek Atambayev Qo‘y-Tosh qishlog‘idagi dala hovlisi oldiga yuk mashina toshlarni to‘kdi. Bu haqda Sputnik Qirg‘iziston xabar qildi.

Bu holat ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarida ko‘p savollar paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Atambayev qo‘lga olinadigan bo‘lsa, uning tarafdorlariga bu toshlar qarshilik ko‘rsatish uchun kerak bo‘lishi mumkin degan taxminlar bildirilmoqda.

© Sputnik / Tabildi Kadirbekov Vo dvore doma Atambayeva razgruzili gruzovik s kamnyami
Atambayev uy hovlisi oldida yuk mashina toshlarni to‘kdi. Nima uchun? - Sputnik O‘zbekiston
Vo dvore doma Atambayeva razgruzili gruzovik s kamnyami

Sobiq prezident maslahatchisi Kunduz Joldubayevaning so‘zlariga ko‘ra, uy hovlisida ta’mirlash ishlari  olib borilmoqda va poydevor qurish uchun toshlar olib kelindi.

Qirg‘iziston parlamenti 13-iyun kuni maxsus komissiyani tashkil etgan va u olib borgan ish yakunida Atambayev oltita jinoyatga aloqador bo‘lishi mumkinligi haqida xulosa qilingan.

Juqorg‘u Keneshi 20-iyunda xulosani tasdiqlab, bosh prokuraturaga yubordi.

25 iyun kuni mamlakat bosh prokurori O‘tkurbek Jamshitov sobiq prezident ehtimol besh jinoyatlarga aloqador bo‘lishi mumkinligi haqida bayonot berdi. Xulosani ko‘rib chiqish uchun parlamentga yuborildi. Biroq bugun bu masala kun tartibiga kirmadi.

Sputnik muxbiri so‘zlariga ko‘ra, sobiq prezident uyiga olib boradigan yo‘lda va uy darvozasi oldida beton plitalar paydo bo‘ldi. Atambayev uy hovlisi oldida jurnalistlar va tarafdorlar uchun shtab tashkil etildi.

Yangiliklar lentasi
0