TOShKENT, 25-iyun – Sputnik. Yunusobod tumanida fohishaxona borligi aniqlandi.
Toshkent shahar IIBB matbuot xizmatining xabar berishicha, 46 yoshli fuqaro muntazam ravishda 100 ming so‘m evaziga “yolg‘iz qolishni istaganlarga” uyidan joy berar ekan.
Hozirda ushbu fakt bo‘yicha O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 131-moddasi bo‘yicha (“Qo‘shmachilik qilish yoki fohishaxona saqlash”) jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
Tergov harakatlari olib borilmoqda.