Samarqandda o‘z uyida fohishaxona ochgan shaxs qo‘lga olindi

© Fred DUFOUR / AFPDevushka legkogo povedeniya
Devushka legkogo povedeniya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shodiqul ismli shaxs fuqaro R.R. va X.M.larga jinsiy aloqa qilishlari uchun uyidan alohida xona ajratib, bu xizmati evaziga 20 ming so‘m pul olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

TOShKENT, 26 fev - Sputnik. Samarqand shahrida o‘z yashash uyida fohishaxona ochgan shaxs fosh etildi, deb xabar qildi viloyat hokimligi matbuot-xizmati.

Jenskie nogi - Sputnik O‘zbekiston
“Soatiga 150 ming so‘m” – “Oriyat” tadbirida qo‘lga olingan 187 ta yengiltak ayol iqrorliklari

Samarqand viloyati IIBga Jomboy tumani Naymantepa mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi R.R. ariza bilan murojaat qilib, Samarqand shahar Cho‘ponota massivi 28-uyda yashovchi Shodiqul ismli shaxs, o‘z yashash uyida pul evaziga fuqarolarga jinsiy aloqa qilish uchun sharoit yaratib berayotganligini ma’lum qilgan hamda qonuniy chora ko‘rishlikni so‘ragan.

Ushbu murojaat asosida bo‘linma xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbir davomida fuqaro Sh.G‘. o‘z yashash uyida tadbirga jalb qilingan "R.R." va "X.M."larga jinsiy aloqa qilishlari uchun uyidan alohida xona ajratib berib, bu xizmati evaziga 20 ming so‘m pul olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Fuqaro Sh.G‘.ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, ammo u tilxat orqali ochiqda qoldirilgan.

Yangiliklar lentasi
0