TOShKENT, 24-iyun – Sputnik. Shvetsiyadagi ijaradagi kvartirada o‘zbekistonlik vafot etdi
TIVning mamlakatning Berlin shahridagi Elchixonasi bergan ma’lumotga tayanib xabar qilishicha, Shvetsiyaning Stokgolm shahrida 2019-yil 21-iyun kuni 10.09.1983-yilda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi Akmalxon Cho‘liyev ijaraga olingan kvartirada vafot etgan.
Hozirgi vaqtda mahalliy politsiya o‘lim sababini tekshirmoqda.
Ma’lum qilinishicha, Elchixona Shvetsiya politsiyasiga mazkur holat bo‘yicha ma’lumot taqdim etishni so‘rab rasmiy talabnoma jo‘natgan va marhum jasadini vatanga keltirish masalasi yuzasidan o‘zbek diasporasi vakillari bilan doimiy aloqada bo‘lib turibdi.
Konsullik-huquqiy departamenti Germaniya (Berlin, Brandenburg, Bremen, Quyi Saksoniya, Gamburg, Meklenburg-Old Pomeraniya, Saksoniya, Saksoniya-Anxalt, Shlezvig-Holshtayn, Turingiya), Shvetsiya, Shveysariya va Chexiya hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari zarur hollarda mamlakatning Berlin shahridagi Elchixonasi bilan +49-30-39-40-98-55, +49-30-39-40-98-30 telefon raqamlari orqali bog‘lanishlari mumkinligini eslatib o‘tgan.