Qozog‘istondagi portlashda jarohatlangan 89 kishi shifoxonaga yotqizildi

© Sputnik / Varvara GertyeV bolnitse
V bolnitse - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qozog‘istonda portlash oqibatida jarohat olgan 70 dan ortiq kishi shifoxonalarda qolmoqda.

TOShKENT, 25-iyun – Sputnik. Qozog‘iston Aris shahrida portlash oqibatidan jarohat olgan 70 dan ortiq kishi shifoxonalarda qolmoqda. Bu haqda Qozog‘iston sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Kak v filme pro kones sveta: posledstviya vzrivov v Kazaxstane - video - Sputnik O‘zbekiston
Xuddi oxirgi zamon filmidagidek: Qozog‘istondagi portlashlar oqibati – video

Kuni kecha ertalab  Qozog‘istonning Aris shahrida joylashgan harbiy qismda yong‘in yuz berdi, keyinchalik omborxonada o‘q-dorilar portlashi sodir bo‘ldi.

Ushbu holat bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Voqea joyiga mamlakat prezidenti keldi. Ikki kishi halok bo‘ldi, 165 kishi tibbiy yordam uchun murojaat qildi, 89 kishi shifoxonaga yotqizildi, ulardan 15 nafari jonlantirish bo‘limida. Shahar aholi evakuatsiya qilindi.

Yangiliklar lentasi
0