Xuddi oxirgi zamon filmidagidek: Qozog‘istondagi portlashlar oqibati – video

Obuna bo‘lish
Huvillab qolgan ko‘chalar, singan oynalar va bo‘m-bo‘sh do‘konlar. Aris shahri fojiadan so‘ng qay ko‘rinishga kelib qoldi?

Qozog‘istonning Aris shahri oxirgi zamon haqidagi filmlarida ko‘rsatiladigan huvillab qolgan maskanni eslatadi. Ko‘chalarda biror jonzot yo‘q, tashlandiq uylar va do‘konlar insonni vahimaga soladi.

Kuni kecha ertalab taxminan soat 09:20 da Qozog‘istonning Aris shahrida joylashgan harbiy qismda yong‘in yuz berdi, keyinchalik omborxonada o‘q-dorilar portlashi sodir bo‘ldi.

Portlash oqibatida 71 kishi jabrlagan, ulardan 15 nafari, shu jumladan, ikki bolakay kasalxonalarga yotqizilgan.

Qozog‘iston bosh vaziri Askar Mamin fojiada ikki kishi halok bo‘lganini ma’lum qildi.

Yangiliklar lentasi
0