Atambayev 5 ta jinoyatga aloqador bo‘lishi mumkin – bosh prokuror xulosasi

Obuna bo‘lish
Jogorgu Kenesh profil qo‘mitasi bugun Bosh prokuraturaning xulosasini ko‘rib chiqdi.

TOShKENT, 25-iyun — Sputnik. Qirg‘iziston bosh prokurori O‘tkurbek Jamshitov sobiq prezident Almazbek Atambayev maxsus komissiya tomonidan ko‘rsatilgan olti jinoyatning beshtasiga aloqador bo‘lishi mumkinligini ma’lum qildi.

Sputnik Qirg‘iziston nashrining yozishicha, seshanba kuni Jogorku Keneshning konstitutsiyaviy qonunchilik, davlat tuzilishi, sud-huquq masalalari va reglament bo‘yicha qo‘mitasi sobiq prezident maqomidan mahrum qilish uchun Atamabayevga qarshi ayblovni ilgari surish haqidagi xulosani ko‘rib chiqqan.

Prezident Kirgizstana Almazbek Atambayev   - Sputnik O‘zbekiston
Qirg‘izistonda xalq Atambayev uyida to‘planmoqda

Jamshitovning so‘zlariga ko‘ra, Qirg‘iziston sobiq prezidenti Atambayevga besh epizod bo‘yicha ayblov qo‘yilishi mumkin. U gap Koy-Tash qishlog‘ida yer uchastkalarini noqonuniy egallanishi, jinoiy avtoritet Aziz Batukayevning qonunga zid ravishda ozod etilishi, Bishkek IES modernizatsiyasi bo‘yicha korrupsiya ishi va unga noqonuniy tarzda ko‘mir yetkazib berilishi hamda tadbirkor Subixi Parxati ishtirokidagi korrupsiya fakti haqida borayotganini ta’kidladi.

Qirg‘iziston parlamenti 13-iyun kuni maxsus komissiyani tashkil etgandi va u olib borgan ish yakunida Atambayev oltita jinoyatga aloqador bo‘lishi mumkinligi bayonot qilingandi. Mamlakat parlamenti 20-iyun kuni maxsus komissiya xulosasini ma’qullagan va hujjatni Bosh prokuraturaga yo‘llagandi.

Yangiliklar lentasi
0