Turkiyadagi O‘zbekiston fuqarolariga pasportga oid muhim eslatma bilan murojaat qilindi

© REUTERS/Murad SezerVzriv v Stambule
Vzriv v Stambule - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
So‘nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston fuqarosi tomonidan eski biometrik pasportlar bilan bog‘liq xabar tarqatildi.

TOShKENT, 20-iyun – Sputnik. O‘zbekistonning Turkiyadagi elchixonasi konsullik bo‘limi O‘zbekiston fuqarolariga pasportga oid muhim eslatma bilan murojaat qildi.

Ma’lum qilinishicha, so‘nggi vaqtlarda, jumladan, 2019-yil 18-iyun kuni ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston fuqarosi tomonidan eski biometrik pasportlar bilan bog‘liq xabar tarqatildi. Unda bildirilishicha, “Turkiyaning Migratsiya idorasi (Göç İdaresi) eski biometrik (yashil rangli) pasportlarga ega fuqarolar uchun mazkur mamlakatda vaqtincha turish hujjatini 2019-yilning 1-noyabr kunigacha bo‘lgan muddatga rasmiylashtirmoqda hamda undan keyingi muddatlar uchun yangi biometrik (qizil rangli) pasportlar talab etilmoqda”.

“Shu munosabat bilan, Elchixona ma’lum qiladiki, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining 2011-yil namunasidagi biometrik pasporti (yashil rangli) Turkiyada bo‘lish va harakatlanish uchun mazkur pasportning amal qilish muddati tugaguniga qadar haqiqiy hisoblanadi. Bu haqida, Turkiyaning tegishli mutasaddi tashkilotlari O‘zbekistonning Anqaradagi Elchixonasi tomonidan Turkiya Tashqi ishlar vazirligi orqali rasman xabardor qilingan”. – deyiladi TIV rasmiy xabarida.

Ta’kidlanishicha, mazkur masalada muammo chiqqan holatlarda, fuqarolarning elchixona konsullik bo‘limiga murojaatlari asosida konsullik bo‘limi Turkiyaning tegishli idoralari bilan qo‘shimcha tarzda aloqaga kirishi natijasida ko‘p hollarda masala ijobiy hal etilgan. Shuning bilan birgalikda, “O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining 2011-yil namunasidagi biometrik pasporti (yashil rangli) Turkiyada bo‘lish va harakatlanish uchun mazkur pasportning amal qilish muddati tugaguniga qadar haqiqiy hisoblanishi” to‘g‘risida Turkiya Tashqi ishlar vazirligiga takroran rasmiy nota yuborilgan.

Xabarda “O‘zbekistonning Turkiyadagi elchixonasi tomonidan noto‘g‘ri nota yuborilgan”, “eski biometrik pasportlar muddati tugaguncha amalda bo‘lishi turk tomoniga bildirilmagan”, “yangi nota yuborish uchun Ramazon ta’tillarining o‘tishi kutilgan” kabi iddaolar haqiqatga zid ekanligi qayd etilgan.

O‘zbekiston TIV Hindistondagi fuqarolarga muhim ogohlantirish bilan chiqdi

Hozirda mamlakatning Turkiyadagi elchixonasi ushbu masalaga oydinlik kiritish maqsadida Turkiyaning tegishli idoralari bilan muzokaralar olib bormoqda.

O‘zbekistonning Anqara shahridagi elchixonasi konsullik bo‘limiga telefon orqali maslahatlar olish uchun (0312) 441-17-46 telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilish mumkin. Shoshilinch va favqulodda vaziyatlarda dam olish kunlari elchixona navbatchi (0312) 441-38-71 telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilish mumkin. El.pochta manzili: uzconsul.ankara@gmail.com. Faks: +90 312 442 70 58.

O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasiga telefon orqali maslahatlar olish uchun (+90212) 323-20-37 telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilish mumkin. Bosh konsulxona manzili: Levent Mah. Levent Cad. Lale Sok. No:8 Beşiktaş / İSTANBUL.Telefon: +90212 323 20 37. Faks: +90212 312 20 40. El.pochta manzili: uzbekconsul@yahoo.com.

Fuqarolarga qulaylikni ta’minlash maqsadidi elchixona va bosh konsulxonada navbatchilik yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, murojaatlar doimiy ravishda, shu jumladan dam olish kunlari ham o‘z faoliyatini davom ettirmoqdadir.

Bu jarayon davomida foydalanish uchun O‘zbekistonning Turkiyadagi elchixonasi tomonidan Turkiyaning tegishli idoralariga taqdim etish mumkin bo‘lgan rasmiy ma’lumotnoma tayyorlanib quyida ilova qilinmoqda. Uni fuqarolar tegishli idoralarda erkin qo‘llashlari mumkin.

Yangiliklar lentasi
0