TOShKENT, 24-iyun – Sputnik. Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan 25-iyundan boshlab yangi qiymatini belgiladi.
Dollar kursi o‘tgan haftaga nisbatan 26,60 so‘mga ko‘tarilib, 8 562,34 so‘m tashkil qildi.
Yevro ham 165,96 so‘mga oshdi va 9 731,96 so‘mni tashkil qildi.
Rossiya rubli 2,77 so‘mga ko‘tarildi va 135,34 co‘mni tashkil qildi.
Markaziy bank xorijiy valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.