Dushanbeda uch o‘smir 6 yoshli qizchani yoqib yubordi: prezident vaziyatni o‘z nazoratiga oldi

© Sputnik / Tabildi Kadirbekovmujchina derjit devochku za plecho
mujchina derjit devochku za plecho - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Uch nafar o‘smir o‘z uyi oldida dugonalari bilan o‘ynayotgan olti yoshli Osiya Zulfonovani to‘siq to‘riga bog‘lab qo‘yib, yoqib yuborgan. Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon Dushanbeda qizcha bilan bog‘liq bo‘lgan vaziyatni o‘z nazoratiga oldi.

TOShKENT, 24-iyun — Sputnik. Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon 6 yoshli qizchaning yoqib yuborilishi bilan bog‘liq hodisadan  tashvishda ekanligini bayon qildi

Sputnik Tojikiston nashrining yozishicha, Tojikiston davlat rahbari sog‘liqni saqlash va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri Olimzoda Nasim Xojaga jabrlangan qizaloqni davolashni qattiq nazoratga olishni topshirgan.

Vospitanniki detskogo doma - Sputnik O‘zbekiston
Til ojiz: 5 yoshli qizalog‘ini o‘ldirib, tanasini pechkada yoqib yuborgan ota-ona qo‘lga olindi

Barchani larzaga solgan bu mudhish hodisa 19-iyun kuni Dushanbe shahrining Sino tumani hududida ro‘y bergan. Uch nafar o‘smir o‘z uyi oldida dugonalari bilan o‘ynayotgan olti yoshli Osiya Zulfonovani to‘siq to‘riga bog‘lab qo‘yib, yoqib yuborgan.Qizcha tana qismining 65 foizi kuygan holda shifoxonaga yotqizilgan. Shifokorlar jabrdiydaning ahvoli nihoyatda og‘ir deb baholashmoqda.

Mazkur jinoyatni sodir etishda gumon qilingan voyaga yetmagan uch nafar bola qo‘lga olingan.

Hozirda hodisa tafsilotlari aniqlanmoqda.

Yangiliklar lentasi
0