Til ojiz: 5 yoshli qizalog‘ini o‘ldirib, tanasini pechkada yoqib yuborgan ota-ona qo‘lga olindi

© Sputnik / Konstantin Chalabov / Mediabankka o‘tishVospitanniki detskogo doma
Vospitanniki detskogo doma - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ukrainada 5 yoshli qizalog‘ini o‘ldirib, uning tanasini pechkada yoqib yuborgan ota-ona qo‘lga olindi.

TOShKENT, 29-may – Sputnik. Ukrainada 5 yoshli qizalog‘ini o‘ldirib, tanasini pechkada yoqib yuborgan ota-ona qo‘lga olindi.

Ukrainaning Jitomir viloyati milliy politsiyasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, fuqaro o‘zaro janjal vaqtida besh yoshli qizini o‘ldirib qo‘yadi.

Qotillik izlarini yashirish maqsadida rafiqasi bilan birgalikda qizining tanasini pechkada yoqib yuboradi. So‘ngra qoldiqlarini ariqqa tashlab yuborishadi.

Podozrevayemiy v ubiystve Denisa Tena Nurali Kiyasov vo vremya zaderjaniya   - Sputnik O‘zbekiston
Bosh prokuratura: 22-yil avval qotillik sodir etgan shaxslar qo‘lga olindi

Huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tekshiruvlarida “qayg‘u-alamga” cho‘kkan ona uch yoshli o‘g‘liga qizlarning kiyimini kiydirib, qizi sifatida ko‘rsatishga urinadi. Biroq politsiya xodimlari ayolning hiyla-nayranglariga uchmasdan hamma farzandlarini ko‘rsatishini so‘rashadi. Natijada bolaning na uyda na hovlida borligi ma’lum bo‘ladi. Ota-ona taxminan 8 oy oldin sodir etgan dahshatli jinoyatini tan olishga majbur bo‘ladi.

Ma’lum bo‘lishicha, bu oila huquqni muhofaza qiluvchi organlarga 2009-yildan beri yaxshi tanish. Ayol ichkilikka ruju qo‘yganligi va ota-onalik majburiyatini bajarmaganligi sababli ikki o‘g‘li huquqidan mahrum qilingan.

Ushbu mudhish qotillik sodir etgan bu shaxslar hibsga olingan. Hozirda qasddan odam o‘ldirish ayblovi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan va tergovchilar mudhish qotillik tafsilotlari o‘rganish maqsadida tergov harakatlarini olib borishmoqda.

Ukrainaning amaldagi qonunchiligiga ko‘ra, bolani o‘ldirish 10-yildan 15-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish yoki umrbod qamoq jazosini bilan jazolanadi.

Yangiliklar lentasi
0