TOShKENT, 22-iyun — Sputnik. Tojikiston va O‘zbekistondan bo‘lgan mehnat muhojirlari maktab o‘quvchilariga tajovuz uyushtirib, ularni talon-taroj qilgan, deb xabar qildi Sputnik Tojikiston.
Xabarda aytilishicha, Leningrad viloyati Sheglovo-1 posolkasida uch nafar migrant 14 yoshli qizlarga tajovuz uyushtirgan. Migrantlar qalampirli ballonchadan foydalanishgan, o‘quvchi qizlarga kuch ishlatib, so‘ng ularning smartfonlarini tortib olganlar.
Hodisa 16-iyun kuni ro‘y bergan.
Politsiya 22 yoshli Tojikiston fuqarosini va ikki nafar 21 yoshli O‘zbekiston fuqarolarini qo‘lga olgan.
Talonchilarga qarshi jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Xabarda aytilishicha, migrantlar hech qayerda rasman ishlamagan.