O‘zbekistonda qurol muomalasi tartibga solinadi

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Mediabankka o‘tishPistolet Makarova
Pistolet Makarova - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Deputatlar “Qurol to‘g‘risida”gi qonunni ma’qulladi.

TOShKENT, 21-iyun – Sputnik. Oliy Majlis Senatining 20-yalpi majlisida “Qurol to‘g‘risida”gi qonun ma’qullandi. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri xabar qilmoqda.

Hujjat davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslar qonuniy asosda egalik qilayotgan va foydalanayotgan qurol muomalasini tartibga solish maqsadida ishlab chiqilganligi qayd etildi.

Pistolet marki UZI. Illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda o‘quvchi maktabga o‘zi bilan birga pnevmatik pistolet olib keldi

Qonunga muvofiq, qurollar maqsadi hamda asosiy parametrlari va tavsiflariga ko‘ra fuqaroviy qurol, xizmat quroli va jangovar qurol turlariga bo‘linadi.

Fuqaroviy va xizmat qurollari Milliy gvardiya organlarining uch oylik ruxsatnomalari asosida olinishi  mumkin.

O‘quvchi sumkasidan pnevmatik avtomat topilgani haqidagi xabar yuzasidan XTV axboroti

Hujjatda keltirilishicha, fuqaroviy qurolni olishga doir ruxsatnoma berish rad etilgan taqdirda, Milliy gvardiya organlari bu haqda arizachini rad etish sabablarini, qonun hujjatlarining aniq normalarini va arizachi ko‘rsatilgan sabablarni bartaraf etib, hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish uchun taqdim etishi mumkin bo‘lgan muddatni ko‘rsatgan holda, qaror qabul qilingan sanadan e’tiboran bir ish kunidan kechiktirmay yozma shaklda xabardor qilishi shart.

Yangiliklar lentasi
0