Xorazmda 26 yoshli fuqaro qo‘shnisini do‘pposlab, o‘ldirib qo‘ydi

© Sputnik / Tabildi KadirbekovDraka
Draka - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Fuqaro qo‘shnisi uyida o‘zaro janjal sabab uni tanasining turli joylariga urib-tepib, jarohat yetkazgan.

TOShKENT, 21-iyun - Sputnik. Xorazmda qo‘shnilarning janjali qotillik bilan yakunlandi.

Draka - Sputnik O‘zbekiston
Samarqandda fuqaro ikki kishini ayovsiz do‘pposlab, ulardan birini o‘ldirib qo‘ydi

IIV xabariga ko‘ra, 19-iyun kuni Xonqa tumanida yashovchi 26 yoshli S.I. qo‘shnisi 45 yoshli B.T.ning uyida o‘zaro janjal sabab uni tanasining turli joylariga urib-tepib, jarohat yetkazgan.

“Natijada B.T. kasalxonaga yotqizilgan va ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan”, - deyiladi xabarda.

Jinoyatchi qo‘lga olingan va holat yuzasidan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat  ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0