Saida Mirziyoyeva yoshlarni Beshta tashabbusni ro‘yobga chiqarishda ishtirok etishga chaqirdi

Obuna bo‘lish
"Prezidentimizning Beshta tashabbusi avvalo yoshlar va xotin-qizlar manfaatlarini ko‘zlab ilgari surilgan", – deb yozgan Saida Mirziyoyeva.

TOShKENT, 20-iyun – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva Prezidentning Beshta tashabbusi bo‘yicha dasturni amalga oshirish bo‘yicha Implementatsiya strategiyasining birinchi versiyasi tayyor bo‘lganini ma’lum qildi.

Saida Mirziyoyeva: tri knigi ob Uzbekistane okajutsya v Luvre - Sputnik O‘zbekiston
Saida Mirziyoyeva mashhur Luvr muzeyida ko‘rgazma tashkil etmoqchi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Beshta tashabbusi bo‘yicha dasturni amalga oshirish jarayonini muvofiqlashtirish maqsadida Dasturlarni boshqarish ofisi (DBO) tashkil etildi.

“Uning asosiy maqsadi Implementatsiya strategiyasini ishlab chiqishdan iborat. Strategiyaning birinchi versiyasi tayyor, men uni jamoatchilik muhokamasiga taqdim etaman.

Ma’lumki, Prezidentimizning Beshta tashabbusi avvalo yoshlar va xotin-qizlar manfaatlarini ko‘zlab ilgari surilgan. Bu ish hamjihatlikda qilinsagina samarali bo‘lishiga ishonaman, zero, sa’y-harakatlarimizni birlashtirsak, yangi marralarga erishishimiz mumkin. Shuning uchun yoshlar va jamoat tashkilotlari vakillari, yosh yetakchilar va umuman faol, o‘z yurtining taraqqiyotiga befarq bo‘lmagan fuqarolarni Beshta tashabbusni ro‘yobga chiqarishda ishtirok etishga chaqiraman”, - deb yozgan Saida Mirziyoyeva.

Yangiliklar lentasi
0