Qirg‘iziston bosh prokuraturasi “Atambayev ishi” bo‘yicha xulosani ko‘rib chiqadi

© Sputnik / Tabildi KadirbekovPrezident Kirgizstana Almazbek Atambayev
Prezident Kirgizstana Almazbek Atambayev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yetti kun ichida Qirg‘iziston bosh prokuraturasi xulosaga qonuniy baho berishi kerak.

TOShKENT, 20-iyun – Sputnik. Qirg‘iziston parlamenti “Sobiq prezident Almazbek Atambayev bo‘yicha  uning dahlsizligini mahrum etish bo‘yicha ayblovlarni ilgari surish to‘g‘risida” qarorni tasdiqladi. Bu haqda Sputnik Qirg‘iziston xabar qildi.

Prezident Kirgizstana Almazbek Atambayev   - Sputnik O‘zbekiston
Qirg‘iziston parlamenti Atambayevga qarshi 6 ta ayblovni ilgari surdi

Qaror loyihasida “Atambayev ishi" bo‘yicha deputatlar komissiyasining xulosasini qabul qilish va uni Bosh prokuraturaga borish taklif etilgandi. Buni 100 nafar deputat qo‘llab-quvvatlagan, 5 nafar deputat qarshi ovoz bergan.

13 iyun kuni Qirg‘iziston parlamentida maxsus komissiya tuzildi. Maxsus komissiya sobiq prezidentni dahlsizlikdan mahrum etish bo‘yia xulosa tayyorlash kerak bo‘lgan. Ikki haftada maxsus komissiya xulosa tayyorladi.

Xulosaga ko‘ra Atambayevga nisbatan quyidagi aylovlar ilgari surildi: Bishkek IES modernizatsiyasi bo‘yicha korrupsiya ishi va stansiyaga noqonuniy tarzda ko‘mir yetkazib berilishi, Tarixiy muzeyni rekonstruksiyasida korrupsiya ishi, jinoiy avtoritet Aziz Batukayevning qonunga zid ravishda ozod etilishi, Koy-Tash va Chon Sari-Oy qishloqlarida yer uchastkalarini noqonuniy egallanishi.

Xulosani partament deputatlari ko‘rib chiqishdi. Endi u mamlakat bosh prokuraturasiga yuboriladi. Prokuratura yetti kun ichida jinoyi ish qo‘zg‘atish uchun asoslar borligini o‘rganib chiqadi.

Agar nazorat qiluvchi organ jinoiy asoslar borligi haqida xulosaga kelsa, parlament sobiq prezidentni dahlsizlikdan mahrum etish masalasini ko‘rib chiqadi.

Yangiliklar lentasi
0