TOShKENT, 18-iyun – Sputnik. Qirg‘iziston parlamenti maxsus komissiyasi sobiq prezident Almazbek Atambayevga nisbatan 6 ta ayblovlarni ilgari surdi. Bu haqda mamlakat parlamenti matbuot xizmati xabar qildi.
Maxsus komissiya ikki haftalik ish faoliyati natijasida ayblovlarning soni 9 tadan 6 taga kamaydi.
“Maxsus komissiya quyidagi aylovlarni ilgari surdi: Bishkek IES modernizatsiyasi bo‘yicha korrupsiya ishi va stansiyaga noqonuniy tarzda ko‘mir yetkazib berilishi, Tarixiy muzeyni rekonstruksiyasida korrupsiya ishi, jinoiy avtoritet Aziz Batukayevning qonunga zid ravishda ozod etilishi, Koy-Tash va Chon Sari-Oy qishloqlarida yer uchastkalarini noqonuniy egallanishi", — deyilgan xabarda.
Poytaxt IES modernizatsiyasi bo‘yicha korrupsiya ishi alohida ish yurituvga ajratilgan. Shuningdek, sobiq prezident ismi Davlat tarixiy muzeyini rekonstruksiya ishida ham bor.