Yevropa ittifoqi Rossiyaga qarshi sanksiyalarni uzaytirdi

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Mediabankka o‘tishFlag YeS u zdaniya predstavitelstva Yevropeyskogo Soyuza v Moskve
Flag YeS u zdaniya predstavitelstva Yevropeyskogo Soyuza v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
YeI kengashi “Qrim” sanksiyalarini 2020-yil 23-iyungacha uzaytirdi.

TOShKENT, 20-iyun – Sputnik. Yevropa ittifoqi kengashi “Qrim” sanksiyalarini 2020-yil 23-iyungacha uzaytirdi. Bu haqda bugun tegishli qaror e’lon qilindi, deb xabar qildi RIA Novosti.

Yevropa ittifoqi: O‘zbekiston Markaziy Osiyoda iqtisodiy yetakchiga aylanishi mumkin

“Kengash Rossiya tomonidan Qrim va Sevastopolni noqonuniy aneksiyasiga javoban kiritilgan cheklovlarni 2020-yil 23-iyungacha uzaytirdi. Bu choralar YeIda joylashgan, Yevropa ittifoqi fuqarolari va kompaniyalarga nisbatan qo‘llaniladi. Ular Qrim va Sevastopol hududi bilan cheklangan”, - deyilgan xabarda.

Qrim Ukrainada yuz bergan davlat to‘ntarishidan so‘ng 2014-yil mart oyida o‘tkazilgan referendum yakunlariga ko‘ra Rossiya tarkibiga kiritildi. Referendumda yarimorolning aksariyat aholisi Rossiya tarkibiga kirish uchun ovoz berdi. Rossiya va Qrim qo‘shilishi uchun 96,77% qrimliklar va 95,6% sevastopol aholisi ovoz berdi.

Moskva yarimorol aholisi demokratik yo‘l, xalqaro huquq va BMT Nizomiga muvofiq qaror qabul qilganini bir necha bor ta’kidladi. Rossiya prezidenti Vladimir Putinning so‘zlariga ko‘ra, Qrim masalasi “batamom yopilgan”.

Yangiliklar lentasi
0