Jamiyat

Nima sababdan uy sharoitida tayyorlangan tuzlamalar oʻlimga olib kelishi mumkin: ekspert fikri

© Foto iz lichnogo arxiva Natali DenisovoyStarshiy nauchnыy sotrudnik Federalnogo issledovatelskogo tsentra pitaniya, biotexnologii i bezopasnosti Natalya Denisova
Starshiy nauchnыy sotrudnik Federalnogo issledovatelskogo tsentra pitaniya, biotexnologii i bezopasnosti Natalya Denisova  - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Rossiyalik katta ilmiy xodim, tibbiyot fanlari nomzodi Natalya Denisova uy sharoitida tayyorlangan tuzmalalardan zaharlanishdan saqlanish va kasallikning birinchi alomatlari yuzaga kelganda nimalar qilish kerakligini hikoya qilib berdi.

TOSHKENT, 27 fev – Sputnik. Rossiya Oziq-ovqat, biotexnologiya va xavfsizlik federal ilmiy tekshirish markazining katta ilmiy xodimi, tibbiyot fanlari nomzodi Natalya Denisova uy sharoitida tayyorlangan tuzmalalardan zaharlanishdan saqlanish va kasallikning birinchi alomatlari yuzaga kelganda nimalar qilish kerakligini hikoya qilib berdi.

Konservirovannыe ovoщi na odnom iz stendov rossiyskogo proizvoditelya na mejdunarodnoy vыstavke produktov pitaniya Prodekspo-2015. - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Urgutda tuzlama mahsulotlarini isteʼmol qilgan 16 yashar oʻsmir vafot etdi

Oʻzbekistonda soʻnggi vaqtlarda uy sharoitida tayyorlangan tuzmala mahsulotlaridan zaharlanish holatlari muntazam kuzatilmoqda. Navbatdagi koʻngilsiz hodisa Samarqandda sodir boʻldi. 2019 yil 23 fevral kuni viloyatning Urgut tumanida yashovchi butun bir oila uy sharoitida tayyorlangan pomidor va bodring mahsulotlaridan tayyorlangan salatni isteʼmol qilib, oilaviy zaharlandilar. Oqibatda esa 16 yashar oʻsmir kasalxonada koʻrsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etdi.

Rossiyalik eskpert Natalya Denosovaning soʻzlariga koʻra, uy sharoitida tayyorlangan tuzmala mahsulotlari diqqat bilan tayyorlash va texnologiyaning aniq bajarilishini talab etadi.

“Boʻlishi mumkin boʻlgan barcha mikroblar va xavfli kasalliklarni qoʻzgʻatuvchi bakteriyalarni oʻldirish maqsadida sabzavotlarni sinchiklab yuvish hamda idish-tovoqni tozalash lozim. Shuningdek, konservatsiya va saqlash qoidalariga rioya qilish muhimdir. Issiq iqlimga ega Oʻrta Osiyo mamlakatlarida, jumladan, Oʻzbekistonda konserva mahsulotlarini uzoq muddat davomida saqlash uchun mos sharoitlar hamisha boʻlavermaydi. Ana shunday mahsulotlarni isteʼmol qilish oʻta xavfli”, - deya taʼkidladi mutaxassis.

Konservirovannыe pomidorы - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Jizzaxda sakkiz kishi tuzlamadan zaharlandi

Rossiyalik mutaxassis birinchi navbatda konserva mahsulotlarini isteʼmol qilishdan avval banka butunligiga va koʻzga koʻrinarli nuqsonlardan xoli ekanligini  – banka qopqogʻi koʻtarilib yoki zanglab qolmaganligini koʻzdan kechirishni tavsiya qiladi. Shuningdek, uning ichida mogʻor, shubhali pufakchalar va yoqimsiz hid yoʻq ekanligiga alohida eʼtibor qaratish lozim. Yuqorida sanab oʻtilgan holatlardan biri aniqlansa, bu mahsulotni isteʼmolga yaroqsiz mahsulot sifatida darhol axlat qutisiga tashlab yuborish kerak.

“Biroq botulizmni keltirib chiqaruvchi juda xavfli bakteriyalar mavjud. Amalda ularni konserva mahsulotini ochganda payqashning imkoni yoʻq, chunki ular na tashqaridan qaraganda, na taʼmda namoyon boʻladi. Lekin saqlashda jarayonida bakteriyalar toʻplanib, rivojlanishlari mumkin, isteʼmol qilishda esa koʻp hollarda oʻlimga olib keladi”,  - deya ogohlantirdi ilmiy xodim.

Mutaxassis zaharlanishning birinchi alomatlari paydo boʻlishi bilan zaharlangan kishiga koʻproq suv va absorbent – masalan, aktivlashtirilgan koʻmir (kukun)ni qayt qilishi va xavfli mahsulotni organizmdan chiqarishga koʻmaklashishi uchun berishni tavsiya etadi. Agar kasallikning ogʻir alomatlari – koʻrish va gapirish qobiliyatini yoʻqotish, bosh ogʻrigʻi va bemadorlik kuzatilsa, zudlik bilan shifokorga murojaat qilish kerak. Oʻz vaqtida koʻrsatilgan yordam inson hayotini saqlab qolishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0