Qozog‘istonda uch yuzdan ortiq politsiyachi tan jarohati oldi

© AFP 2023 / RUSLAN PRYANIKOVPolitsiya Kazaxstana zaderjivayet protestuyushix prostiv avtoritarno rejima i dosrochnix prezidentskix viborov vo vremya oppozitsionnogo mitinga v Alma-Ate
Politsiya Kazaxstana zaderjivayet protestuyushix prostiv avtoritarno rejima i dosrochnix prezidentskix viborov vo vremya oppozitsionnogo mitinga v  Alma-Ate - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qozog‘istonda ruxsat berilmagan mitinglar davomida 300 dan ortiq politsiyachi jarohatlandi.

TOShKENT, 18-iyun – Sputnik. Qozog‘istonda ruxsat berilmagan mitinglarni oldini olish jarayonida 300 dan ortiq politsiyachi jarohatlandi. Ulardan 6 nafar shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda Qozog‘iston ichki ishlar vaziri Yerlan Turgumbayev ma’lum qildi.

Zaderjanie uchastnikov nesanksionirovannix mitingov v Kazaxstane - Sputnik O‘zbekiston
Qozog‘istonda saylov vaqtida 700 kishi qo‘lga olindi - video

Nur-Sulton va Olma-Otada ommaviy norozilik aksiyalari o‘tkazildi. Saylov kunida ikkita yirik shaharda yuzlab kishilar qo‘lga olindi. Dushanba kuni ham politsiya ko‘plab namoyishchilarni ushladi.

Ommaviy namoyishlarga aholini internet orqali Fransiyada istiqomat qiluvchi“Qozog‘iston demokratik tanlovi” (ekstremistik deb tan olingan) harakati rahbari Muxtar Ablyazov chorladi. U o‘z tarafdorlarini prezident saylovlarini boykot qilishga chaqirdi.

“Uch yuzdan ortiq politsiya xodimlari tan jarohat oldi, hozirgi vaqtda ulardan 6 nafari shifoxonada. Bu 3 sutka – 9,10, 11-iyun... Politsiya hech qanday maxsus vositalarni qo‘llamadi”, - dedi vazir.

Bundan avval saylov davrida 9 va 10-iyun kunlari Nur-Sulton va Olma-ota shaharlarida o‘tkazilgan noqonuniy mitinglar davomida 700 ga yaqin kishi qo‘lga olingani haqida xabar bergandik.  

 

Yangiliklar lentasi
0