TOShKENT, 3 apr – Sputnik. Qirg‘iziston milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi sobiq prezident Almazbek Atambayev qo‘lga olingani haqida ma’lumotlarni rad etdi. Sputnik Qirg‘iziston xabariga asosan.
Qo‘mita matbuot xizmati xabariga ko‘ra, internetda Chuy viloyatining Tosh-Moynoq qishlog‘ida tezkor operatsiya davomida Atambayev qo‘lga olinganligi haqida tarqalgan xabarlar noto‘g‘ri.
“Davlat qo‘mitasi bunday xabarlarni tarqatishga aloqador bo‘lgan shaxslarni aniqlash bo‘yicha tekshiruv o‘tkazmoqda”, - deyilgan xavfsizlik xizmati xabarida.
Xavfsizlik xizmati soxta ma’lumotlarni tarqatish Qirg‘iziston qonunchiligiga asosan jinoiy javobgarlik ko‘zda tutilganligi haqida eslatma berdi.