Qonli qasos: Ozarbayjonda sobiq mahbus ona va uning ikki bolasini otib tashladi

© Sputnik / Konstantin Chalabov / Mediabankka o‘tishRinok v Azerbaydjane
Rinok v Azerbaydjane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bozordagi janjal ikki oila o‘rtasidagi ashaddiy dushmanlik sabab yuzaga kelgan. Yaqinda ozodlikka chiqqan erkakning o‘t ochishi oqibatida to‘rt kishi halok bo‘lgan, sakkiz kishi esa yaralangan.

TOShKENT, 17-iyun - Sputnik. Ozarbayjon g‘arbidagi bozorda sodir bo‘lgan otishmada to‘rt kishi, jumladan, ikki go‘dak halok bo‘ldi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.

Avtomobili politsii na odnoy iz ulis v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Moskvada politsiya xodimi o‘zbekistonlikni otib o‘ldirdi

“Bo‘yuk Kesik qishlog‘i hududidagi bozorda yaqinda ozodlikka chiqqan erkak o‘t ochgan. To‘rt kishi halok bo‘lgan: ona, uning ikki bolasi va bozordagi sotuvchi, sakkiz kishi esa yaralangan”, - deyiladi xabarda.

Ma’lum qilinishicha, janjal ikki oila o‘rtasidagi ashaddiy dushmanlik sabab yuzaga kelgan.

So‘nggi ma’lumotlarga qarashganda, Ozarbayjon bozorida o‘t ochgan jinoyatchi politsiyaga taslim bo‘lgan.

Hozirda jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0